Suriyada terroristik tashkilotga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan andijonlik yigit qidirilmoqda, deb xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, Sodiqov Muhammadsiddiq 1996-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. U otasi ta’sirida diniy mutaasiblashib, otasi bilan birga Turkiya orqali Suriyaning Idlib shahridagi “Imom Buxoriy katibasi” xalqaro terroristik tashkilotiga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.
U hozirda Turkiyaning Istanbul shahrida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib, O‘zbekiston madaniy ta’lim va birdamlik uyishmasi ro‘yxatidan o‘tgan holda Sodiq Samarqandiyga tegishli madrasada ta’lim berib kelmoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida unga nisbatan 2017-yilda Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi, 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
Izoh (0)