Futbol bo‘yicha BAA Superkubogida “Shabob al-Ahli” va “Sharja” 29-dekabr, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.
O‘zbekistonlik futbolchi Aziz G‘aniyev to‘p suradigan “Shabob al-Ahli” 6:2 hisobida zafar quchdi. Dastlab, “Sharja” futbolchilari Usmon Kamara hamda Musa Maregalar gol urdi. 32-daqiqada esa Abdulaziz Salim Ali qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shundan so‘ng “Shabob” ketma-ket 6 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yin oxirida esa “Sharja”ning yana bir futbolchisi qizil kartochka oldi. Kayo 90+2-daqiqada maydondan chetlatildi. Qayd etib o‘tish jozi, G‘aniyev to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Shu tariqa “Shabob al-Ahli” BAA Superkubogi sohibiga aylandi.
BAA Superkubogi
29-dekabr, juma
“Shabob al-Ahli” — “Sharja” 6:2
Gollar: 0:1 — 8 Kamara, 0:2 — 26 Marega, 1:2 — 36 Fabio Kartabiya, 2:2 — 43 Fabio Kartabiya, 3:2 — 45+5 Yahyo Al Gassani, 4:2 — 68 Mateusao, 5:2— 79 Suhail, 6:2 — 88 Yuri.
Izoh (0)