O‘zbekistonda aholiga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 30-dekabrdan 2-yanvargacha bo‘lgan dam olish kunlari ham ayrim tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bular:
- “Ipak yo‘li bank”;
- “Milliy bank”;
- “Bisnesni rivojlantirish banki” ATB;
- “Agrobank”;
- “Hamkorbank”;
- Trastbank;
- “Turonbank”;
- “Aloqabank”;
- “Sanoatqurilishbank”;
- “Xalq banki”;
- “Asakabank”;
- Infin Bank;
- “Ipoteka bank” OTP group;
- Garant Bank;
- Mkbank;
- “Poytaxtbank”;
- Saderatbank;
- Asia Alliance Bank;
- Octobank;
- KDB;
- Universalbank;
- Orient Finans Bank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda Yangi yil bayrami va dam olish sanalarida tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlashini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)