UzAutoMotors bayram munosabati bilan mashinaga pul to‘lash muddatini uzaytirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, UzAutoMotors xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 25—27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovni bayram kunlari munosabati bilan 2024-yilning 10-yanvar kuniga qadar uzaytirdi.
Kompaniya avvalroq Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining 2024-yildagi ichki bozorga yo‘naltirilgan hajmi uchun kontraktatsiya yakunlanganini xabar qilgandi.
Izoh (0)