Amerika kino sanʼati va fanlar akademiyasi “Oskar” mukofotining 96-taqdirlash marosimi vaqti tobora yaqinlashib bormoqda.
Jami 10 ta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshilar aniqlanadi: film, grim, qo‘shiq, ovoz, saundtrek, effektlar, hujjatli va qisqa metrajli filmlar.
“Barbi” filmi ovoz va qo‘shiqni o‘z ichiga olgan holda yetakchilik qilmoqda. Muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilingan “Galaktika qo‘riqchilar-3” filmi yakuniy ro‘yxatdan joy olmadi. Lekin final qismiga boshqa filmlar: “Bo‘ning barcha qo‘rquvlari” va “Demeterning so‘nggi sayohati” filmlari nominatsiya uchun daʼvogarlik qiladi.
Shuningdek, Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi ovoz, yozuv va grim bilan ajralib turibdi, lekin vizual effektlar nominatsiyasi bo‘yicha boshqa filmlar bilan raqobatlasha olmaydi.
Shu qatori yana bir nechta munosib filmlar taʼkidlandi. Ular orasida: “Gulli oy qotillari”, “Qor jamiyati”, “Amerika simfoniyasi” va MTV telekanalining “Abadiy xotira” filmlari bor.
Maʼlumot uchun, yakuniy nomzodlar 11—16-yanvar kunlari taqdim etiladi. Nufuzli mukofot g‘oliblari bo‘lsa, 26-yanvar kuni eʼlon qilinadi.
Izoh (0)