Bloger Olimjon Haydarovga sud hukmi o‘qilib, u 8 yilga qamalgan edi. Blogerga nisbatan sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, bugun bloger O.Haydarovning himoyachisi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining 2023-yil 1-dekabrdagi hukmi ustidan apellyatsiya tartibida berilgan shikoyati ko‘rib chiqilib, Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 28-dekabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz va shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Farg‘ona viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan 29-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida o‘zini mustaqil bloger deb tanishtirgan fuqaro Olimjon Haydarov tovlamachilik ustida qo‘lga olingan.
Izoh (0)