Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi Isroil elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
“Ertalab soat 5:20 atrofida elchixona yaqinida portlash yuz berganini tasdiqlaymiz”, — dedi Isroil elchixonasi matbuot kotibi Gay Nir Reuters agentligiga.
Isroil Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, portlash oqibatida elchixona xodimlaridan hech kim jabrlanmagan.
Isroil rasmiylari voqeani tekshirishda hindistonlik hamkasblari bilan hamkorlik qilmoqda.
Izoh (0)