• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ko‘zi ko‘kargan Mauro Ikardi, hakamga musht tushirgan klub prezidenti va futbolchilar o‘rtasidagi janjal. Turkiya futbolidagi boshboshdoqliklar

    Turkiyaning “Galatasaroy” klubi Instagram sahifasida hujumchi Mauro Ikardining jarohatlangan yuzining suratini joyladi va “Faqat o‘zlari uchun adolatni istaganlar turk futbolini barcha kanallar orqali manipulyatsiya qilishda davom etmoqda. VAR ham 26 ta kamera buni ko‘rmadi va biz bundan uyaldik. Turkiya futbolini bu darajaga olib kelganlar sharmanda bo‘ladi”, — deya izoh qoldirdi.

    Turkiya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan “Galatasaroy” hamda “Fenerbahche” o‘rtasidagi bahs (0:0) turli munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘yin vaqtida “Galatasaroy” hujumchisi Mauro Ikardiga “Fenerbahche” futbolchisi musht tushirdi. Buni hakam ham, VAR ham ko‘rmadi. 

    O‘yindan so‘ng “Fenerbahche” futbolchisi Edin Jeko: “Ikardi boshi bilan darvoza ustuniga urildi, endi esa ular Mauroning suratini qo‘yib, penalti berilishi kerakligini aytmoqda. Bu ular uchun odatiy hol. Sharmandalik”, — deb aytib o‘tdi. 

    Turkiya chempionatida dekabr oyining o‘zida 4-marta boshboshdoqlik kuzatildi. Chempionatdagi nazorat ishdan chiqqandek. Keling, dekabr oyida Turkiya futbolida yuz bergan ko‘ngilsizliklarga to‘xtalib o‘tamiz.

    Hakam yuziga musht tushirgan klub prezidenti

    11-dekabr kuni Turkiya Superligasining 15-turida “Ankaragyujyu” “Rizespor” bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. 

    Bosh hakam Halil Meler birinchi bo‘limda mezbonlarning bitta golini hisobga olmadi va 50-daqiqada hujumchi Ali Souni maydondan chetlatdi.

    O‘yin tugaganidan so‘ng “Ankaragyujyu” prezidenti Faruk Koja maydonga tushib kelib, Melerga musht tushirdi. Hakam yerga yiqilgach, uni bir necha bor tepdi.

    Melerga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng u shifoxonaga olib ketilgan. 
    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bu voqeaga munosabat bildirdi: “Men bu voqeani qoralayman. Hakamning tezroq tuzalishini tilab qolaman.

    Sport — bu tinchlik va birodarlik. Sport zo‘ravonlikka qarshi bo‘lishi kerak. Turk sportida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaymiz”. 

    Hakam Melerning o‘zi ham keyinroq vaziyat haqida gapirib berdi: “Faruk Koja chap ko‘zimga musht tushirdi, yiqilganimdan so‘ng esa oyog‘i bilan yuzimga va tanamning boshqa qismiga bir necha bor tepdi.
    U menga va sheriklarimga o‘ldirish bilan tahdid qildi. “Seni o‘ldiraman” deb dag‘dag‘a qildi. Ular bilan kelishmoqchi emasman. Ular ustidan shikoyat arizasini tashladim. Boshqa gapim yo‘q”. 

    12-dekabr sanasida “Ankaragyujyu” prezidenti Faruk Koja iste’foga chiqarildi. 15-dekabr kuni esa Koja umrbod futboldan chetlatilgani va 2 million lira (62800 yevro) jarimaga tortilgani, shuningdek, klub 5 ta o‘yinni muxlislarsiz stadionda o‘tkazishi ma’lum qilindi. 

    O‘yin payti maydonga tushib kelgan klub prezidenti

    19-dekabr kuni Turkiya chempionatida yana bir ko‘ngilsiz voqea sabab bo‘ldi. Turkiya Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Istanbulspor” va “Trabzonspor” o‘rtasidagi bahs oxiriga yetkazilmadi. Bunga sabab “Istanbulspor” prezidenti o‘z futbolchilarini maydonni tark etishga chaqirgani bo‘ldi. 

    Uchrashuvning 74-daqiqasida, “Trabzonspor” 2:1 hisobida oldinda borayotgan vaqtda, Ertugrul Dogan va klubning boshqa vakillari maydonga tushib keldi. Biroz muddatdan so‘ng ikkala jamoa va hakamlar maydonni tark etdi. 

    “Istanbulspor” futbolchilari prezidentni tinchlantirishga uringan, biroq Dogan 68-daqiqada hakam tomonidan jamoa foydasiga belgilanmagan penaltidan norozilini bildirgan va barchadan maydonni tark etishini so‘ragan. 

    Futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv, 5 ta qizil kartochka

    21-dekabr kuni esa Turkiya chempionatining 2-divizionidan o‘rin olgan “Bursaspor” va “Diyorbakirspor” jamoalari o‘rtasidagi bahsda ommaviy janjal yuz berdi. 

    O‘yin 2:0 hisobida “Diyorbakirspor” foydasiga hal bo‘layotgan payt, mehmonlar futbolchisi Bunyamin Gezer ikkinchi golni urganidan so‘ng “Bursaspor” futbolchisi Chag‘atay Yilmaz bilan bahslashib qoldi. 
    Yilmaz qizil kartochka olganidan so‘ng, jamoalar futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv boshlanib, unga politsiya aralashishga majbur bo‘ldi. Janjal vaqtida muxlislar tribunadan maydonga turli xil narsalarni uloqtirgan. 

    Hodisa oqibatida “Diyorbakirspor”ning uch nafar futbolchisi va “Bursaspor”ning ikki nafar futbolchisi qizil kartochka oldi. Shuningdek, “Bursaspor” futbolchilari “Diyorbakirspor” o‘yinchisi kiyim almashtirish xonasiga qochayotganda, uni ta’qib qilgani ma’lum bo‘lgan.

    25.12.2023, 12:43   Izoh (0)   5333
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mauro Ikardi dunyodagi eng qimmat avtomobilni xarid qildi (foto) 

    06.09.2023, 15:17

    Turkiya parlamentida yurak xurujiga uchragan deputat vafot etdi

    14.12.2023, 22:05

    Turkiya chempionatidan o‘rin olgan bahsda “Istanbulspor” prezidenti maydonga tushib keldi va o‘yinni to‘xtatdi

    20.12.2023, 02:12

    Turkiyaning 2-divizionidan o‘rin olgan o‘yinda futbolchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Hakam 5 nafar o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatdi (video) 

    21.12.2023, 09:46

    Turkiya 12 nafar askari o‘ldirilganiga javoban Iroq va Suriyaga zarbalar berdi (video)

    24.12.2023, 14:00

    “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinga taqlid qilayotgan “Manchester Siti” futbolchisi Kevin de Bryuyne (video) 

    25.12.2023, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.