• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Ippodrom”da choy sotgan, klinik o‘limni boshdan kechirgan va ismini o‘zgartirgan Sevara Nazarxon 47 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon nafaqat yurtimizda balki dunyoni zabt etgan eng yaxshi O‘rta osiyolik xonanda sifatida ham eʼtirof etiladi. U dunyoning deyarli barcha nuqtalarida konsert dasturlarini taqdim etgan. Xo‘sh, u bugungi natijalarga erishguniga qadar qanday kunlarni boshdan kechirgan. Keling, bugun shu haqida gaplashamiz.

    Foto: Instagram

    Sevara Nazarxon 1976-yilning 23-dekabrida Andijon viloyatida tavallud topgan. U oilada to‘ng‘ich farzand, Davron ismli ukasi bor. Uning hikoya qilishicha, xonanda 23-dekabr kuni dunyoga kelgan va uning tug‘ilishi klinik o‘lim bilan kuzatilgan, biroz vaqtdan so‘ng hayotga qaytgan Sevaraning hayotida o‘zgarish yuz berdi. Avvaliga hayotidagi bu mudhish hodisa sababli unga Umida deya ism qo‘ygan otasi, barcha ko‘rgiliklar ortda qolgach “qizim sevimli bo‘lsin” deya uni Sevara deb atagan.

    Foto: Instagram

    Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarda uning ismi Umida Nazarxonova bo‘lgan, shu sababli maktabda uni hamma aynan Umida deb bilgan va bu Sevaraga yoqmagan. Pasport olayotganda u ismini Sevara deya qayd etgan. Xonanda bolaligida Farg‘onadagi buvisining uyiga ko‘p borgani va eng shirin xotiralari o‘sha yer bilan bog‘liq ekanligi haqida ham so‘zlab bergan. Tasdiqlangan manbaalarga ko‘ra xonanda Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi.

    Xonanda bolalikdan sanʼatga qiziqqani, Sherali Jo‘rayevning muxlisi bo‘lgani va moliyaviy qiyinchiliklar bilan Toshkentga kelgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram

    — Bolaligimdan Sherali Jo‘rayevning muxlisi bo‘lganman. Uning qo‘shiqlarini eshitib, ulg‘ayganman desam ham bo‘ladi. Baʼzan mendan so‘rashadi, “Sizning auditoriyangiz, muxlislaringiz boshqalarnikidan farq qiladi. Bu natijaga qanday erishgansiz, ularni qanday topasiz” deb. Shu payt men ikki yil “Ippodrom”da choy sotgan davrlarimni eslayman. Bu hayotimdagi eng muhim va qo‘rqinchli damlar edi. Onam ikkimiz idishlarni yaxshilab yuvib, yoniga muz qo‘yib, choy sotardik. Bu bilan nima demoqchiman, men har doim oddiy odamlar qatorida bo‘lganman. Hozir ham shundayman, boshqalardan kuchli darajada farq qilaman, deb o‘ylamayman. Ko‘chada tanib qolishsa, ha, bu yoqimli holat, xursand bo‘laman. Lekin men ham boshqalar singari oddiy odamman, — deydi xonanda.

    Sevara Nazarxon 1998-yili O‘zbekiston davlat Konservatoriyasiga o‘qishga kirgan. U talaba bo‘lish bilan birga yakkaxon ijrochi sifatida ham faoliyatini boshlagan. Undan avval “T-solo” va “Sideris” guruhlarida faoliyat yuritgan, ammo u yerdagi natijalardan ko‘ngli to‘lmagan.

    Foto: Instagram

    2000-yili Sevara Nazarxonga nihoyatda omadli keldi. U “Nihol” nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritdi, oradan ikki yil o‘tib esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist mukofoti bilan taqdirlandi.

    Foto: Shou-biznes.uz

    Xonanda ijod bilan bo‘lib, turmush qurishga shoshilmaydi. U 30 yoshida Bahrom Primqulov bilan oila qurgan. Ularning to‘yi “O‘zbekiston” mehmonxonasining yozgi restoranida bo‘lib o‘tgan. Aslida kuyov o‘zbek, ammo o‘sha yillari xonandaning o‘zga millat vakili bilan oila qurgani haqida mish-mishlar tarqagandi.

    Xonandaning shaxsiyati ham ijodi kabi o‘ziga xos. U boshqalarga o‘xshashni istamaydi. Hatto, intervyu berish bilan bog‘liq qarashlari ham bor.

    Foto: Instagram

    — Ijodimning ayrim pallalarida maʼmurimdan intervyu bermaslikni, bunaqa takliflarni qabul qilmasliklarini iltimos qilaman. Ijodimda biror yangilik bo‘lmaganida, yangi albom chiqayotgan bo‘lmasa, yangi konsert berayotgan bo‘lmasam, shunday qilaman.

    Foto: Instagram

    Aravani quruq olib qochish bilan o‘quvchilarni ham, tinglovchilarni ham urintirib qo‘yishni istamayman. O‘zbekistonda juda ko‘pdan beri yangi albomim chiqqani yo‘q, konsert ham berganim yo‘q. Nimalar haqida intervyu berishim mumkin? “Siz yoqtirgan taom qaysi?”, “Choyni xush ko‘rasizmi, ayronnimi?”, “Siz yoqtirgan taom qaysi?”, “Kun tartibingiz qanday?”, degan savollarga javob berishni yoqtirmayman.

    Foto: Instagram

    Boshqa sanʼatkorlar haqida nima o‘ylashim va shunga o‘xshash savollarni ham jinim suymaydi. Va aksincha o‘zbekcha albomim chiqsa yo Toshkentda konsert bersam, xursandchilik bilan, kerilib, o‘zim bu haqda so‘zlab beraman. Bitta narsaga ishoning va eslab qoling: o‘zim hammangizni intervyu berishga chaqiraman!—deydi xonanda Uzbekistan airways jurnaliga bergan intervyusida.

    Foto: Instagram

    Sevara Nazarxon xorij sahnasiga intiladigan xonandalar toifasiga kiradi. U rang-baranglikni yoqtiradi. Shu bois til o‘rganishga intiladi va farzandlari ham xorij tillarida mukammal so‘zlashadi. Xonanda oilasi bilan Londonda yashagani uchun rus, ingliz va fransuz tillarida bemalol so‘zlashadi. Ayni damda o‘g‘li Dengiz Londonda tahsil oladi. Xonanda esa qizi Iymon Anvar bilan Toshkentda yashamoqda. Qizi Toshkentdagi xususiy maktabda tahsil oladi. U ingliz tilida bemalol so‘zlashadi, shu bois oilada shu tilda muloqot qilinadi. Ha darvoqe, xonanda qizini 40 yoshida dunyoga keltirgan.

    Foto: Instagram

    — Hamma bolalarimni menga o‘xshatadi, ammo men ko‘proq ulardek bo‘lishni istayman. Hamisha ulardek mehribon, samimiy va sho‘x bo‘lishni istayman, — deb yozadi u Instagram sahifasida.

    Foto: Instagram

    Sevara Nazarxon 2000-yildan boshlab Londondagi Universal Music studiyasi hamda dunyoga mashhur xonanda va prodyuser Piter Gabriel bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2003-yildan boshlab xalq qo‘shiqlarini pop-folks yo‘nalishida ijro eta boshladi. Uning ijrosini to‘laqonli maqom ijrosiga qiyoslash sanʼatshunoslik nuqtayi nazaridan noto‘g‘ridir.

    Foto: Instagram

    U “Golos”, “Vishka”, “Toch v Toch”, “Tansi so Zvezdami” kabi rus teleloyihalarda ham qator yutuqlarga erishdi. Bundan tashqari, u o‘z ovozi bilan dunyoni zabt etgan osiyolik 15 nafar xonanda ro‘yhatidan ham joy olgan.

     

    25.12.2023, 15:35   Izoh (0)   40361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    15.03.2022, 20:21

    “Sotqin”ga kastingdan o‘tmagandim, turmaga olib borishdi — Javohir Zokirov rol ishonarli chiqishi uchun haqiqiy kallakesar bilan suhbatda bo‘lgani haqida gapirdi 

    20.12.2023, 18:41

    Tarjimon bo‘lishni orzu qilgan, bedavo kasallikdan aziyat chekadigan hamda turk aktyoriga ko‘ngil qo‘ygan Yulduz Rajabova 34 yoshda (foto) 

    25.12.2023, 11:50

    Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Jahongir Otajonov, yurishga harakat qilayotgan Zohid Risqiyev, yangi uyga ko‘chgan Afsona

    24.12.2023, 22:53

    Instagram: Bahodir Jalolovning hashamatli uyiga sayohat, Dilfuza Ismoilova singlisiga qimmatbaho mashina sovg‘a qildi, Yorqinxo‘ja Umarov temir odamga aylandi

    23.12.2023, 22:26

    “Farzandsizlik sabab turmush o‘rtog‘imga uylanishni taklif qilganman” — aktrisa Malika Avazova to‘rt yarim yillik dardi va egizak farzandlari haqida

    21.12.2023, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.