Dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biri Angola Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotidan (OPEK) chiqishini e’lon qilganidan keyin Brent markali neft narxi bir barrel uchun 79 dollardan pastladi. Buni London ICE birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi, deb yozadi “Tengrinews”.
Eng past nuqtada kotirovkalar 78,7 dollarga tushdi. Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda Qizil dengizdagi husiylarning hujumlari tufayli Brent markali neft narxi oshib bormoqda.
Avvalroq Qizil dengizda AQSH boshchiligidagi bir qancha davlatlar tomonidan boshlangan husiy operatsiyalarga qarshi operatsiya fonida yoqilg‘i narxi bir barrel uchun 80 dollardan oshgandi.
21-dekabr kuni Angola neft, gaz va mineral resurslar vaziri Diamontino Azevedo mamlakat OPEKdan chiqishini ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko‘ra, Angolaning tashkilotdagi roli “ahamiyatli emas edi” va mamlakatning OPEKdagi ishtirokining o‘zi Luanda manfaatlarini qondirmadi. Shuningdek, u Angola neft qazib olishni qisqartirishga rozi bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)