Germaniya kansleri Olaf Sholsda koronavirus aniqlandi. Bu haqda siyosatchi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
“COVID-19 uchun topshirgan testim ijobiy chiqdi. Alomatlar yengil, umid qilamanki, kasallik menda yengil o‘tadi”, — deb yozdi u.
Shols kasallikka chalinganiga qaramay, ishlashni davom ettirishini ta’kidladi. Faqat izolyatsiyaga olingan holda ishlashini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Olaf Shols Germaniya 2024-yil uchun Ukrainaga qurol yetkazib berish va moliyaviy yordam uchun 8 milliard yevro ajratishini e’lon qilgandi.
Izoh (0)