YI 2025-yil mart oyi oxirigacha AQSHning bir qator tovarlariga savdo bojlarini to‘xtatadi. Bu haqda Ittifoqning rasmiy saytida e’lon qilingan press-relizda ma’lum qilingan.
Yevropa Ittifoqi mototsikllar, kiyim-kechak va spirtli ichimliklar uchun tariflarni 15 oyga to‘xtatadi. Qo‘shma Shtatlar, o‘z navbatida, o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp tomonidan 2018-yilda joriy etilgan Yevropa Ittifoqidan po‘latga 25 foiz va alyuminiyga 10 foizlik bojlardan voz kechadi.
Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi va AQSH transatlantik savdoda tariflarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun po‘lat va alyuminiy bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv imzolash ustida ishlamoqda. Bu ortiqcha po‘lat ishlab chiqarish quvvatlari, shuningdek, po‘lat va alyuminiy sektorlarida issiqxona gazlari chiqindilari muammosini hal qilish bo‘yicha dastlabki kelishuv hisoblanadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv po‘latga yangi tariflarni ham o‘z ichiga oladi, ularning joriy etilishi G‘arb davlatlari dempingda ayblayotgan Xitoy kabi mamlakatlarning bozordan tashqari amaliyotiga qarshi ishlashi kutilmoqda.
Izoh (0)