• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Qahramon ona”ning farzandi, qobiliyatsiz talaba va Obid Asomovning artist bo‘lishini istamagan Mirzabek Xolmedov 62 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov rang-barang ijodi bilan boshqa sanʼatkorlardan ajralib turadi. Uni ko‘pchilik qiziqchi deb bilsa-da, u qalam tebrata oladi, rol ijro etish va rejissorlik qilishni ham uddalaydi. Ustoz sanʼatkor bu yil 62 yoshni qarshiladi.

    “Baholarim u qadar yaxshi bo‘lmagan”

    Mirzabek Xolmedov 1961-yili Toshkent shahrida tavallud topgan. U bolalagi ham bolalar singari beg‘ubor o‘tganini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — Onam “qahramon ona” bo‘lgan. U 6 ta qiz va 4 o‘g‘il farzandni dunyoga keltirib, voyaga yetkazman. Men ularning beshinchisi bo‘lganman. Bolalikdan sanʼatga qiziqqanman, qiziqchilik qilib odamlarni kuldirishni yaxshi ko‘rardim. Ko‘p farzandli oila bo‘lganimiz uchun ota-onamga ro‘zg‘orni tebratish oson kechmagan. Bolalikdan mehnatda ulg‘ayganmiz. Maktabdan keyin qo‘y boqishga chiqardik. Maktabdagi baholarim u qadar yaxshi bo‘lmagan, ammo o‘qituvchilarimning eng sevimli o‘quvchisi bo‘lganman. Otam rahmatli 40-yil temiryo‘l sohasida ishlagan, nafaqaga chiqaman deb hujjatlarni to‘plab topshirdi-yu, pensiya pulini olish nasib etmadi. Otam haqiqatan juda sodda va samimiy inson bo‘lgan. “Artist bolam” deb erkalardi, qo‘shiq aytib, raqsga tushishimni yaxshi ko‘rardi, — deydi Mirzabek Xolmedov.

    “Institutga qabul qilishmagan”

    Qiziqchi sanʼat oliygohiga kirishi bilan bog‘liq voqealarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — Maktabni tamomlab, sobiq Toshkent teatr va rassomchilik institutiga hujjat topshirganman. Musiqali komediya fakultetida qiziqchilar o‘qitiladi, deb o‘ylagan ekanman. Keyin bilsam bu yerda musiqali teatr aktyorlari o‘qitilar ekan. Ijodiy imtihonga kirganda “Qaysi qo‘shiqni aytib berolasiz?” deb so‘rashgan. Aksiga olib, mening qo‘shiq aytish mahoratim u qadar yaxshi emasdi, nima bo‘lsa bo‘ldi deb “Oyxon” ariyasini aytganman. Turgan gapki, ijroyim ustozlarga yoqmagan va meni institutga qabul qilmagan. Bir yildan keyin yana topshirganman, yana ball yetmagan. Shunda onam ustozlarning yoniga kirib, “qahramon ona” ekanligini aytib yordam olgan. Institutda juda qiynalganman. Chunki asosiy darslarimiz vokal bilan bog‘liq edi. Qayta-qayta topshirganda arang uch baho olardim. Ammo aktyorlik darslarida mazza qilib ishlardim, — deydi Mirzabek Xolmedov.

    “Ey go‘zal”ning muallifi kim deb o‘ylaysiz?

    Mirzabek Xolmedov qiziqchilikdan tashqari, qalam ham tebratib turadi. Uning sheʼrlari asosida yaratilgan qo‘shiqlarni ko‘plab mashhur xonandalar ijro etgan.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — Sheʼr yozishga avvaldan qiziqishim bo‘lgan. To‘ylarning birida Rustam G‘oyipov bilan uchrashib qolganman va unga bir nechta sheʼrlarimni berganman. “Davraga tush” va “Paxtakor” sheʼrlarim asosida yaratilgan qo‘shiqlarining sheʼrini yozib berganman. Undan keyin to‘ylarning birida Azim Mullaxonovga “Ey go‘zal” sheʼrini yozib berganman. Musiqasi xorijniki deb ijro etishni istamagan. Keyin uni Muhriddin Holiqovga tavsiya qilganman, uning ijrosida qo‘shiq “hit” bo‘lgan, —deydi Mirzabek Xolmedov.

    “Artist bo‘lib nima qilasan?”

    Mirzabek Xolmedov Obid Asomov bilan hamkorlikda ijod qilgan. Ko‘pchilik ularni bir vaqtda ijodni boshlagan deb hisoblardi. Aslida esa Obid Asomovning sanʼatga kirib kelishida Mirzabek Xolmedovning o‘rni katta bo‘lgan.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — Obid Asomov bilan tanishuvimiz juda qiziq kechgan. 1984-yillar edi adashmasam, ancha tanilib qolgandim. To‘ylarga ko‘p taklif etishardi. Birinchi Sobit Asomov bilan tanishib qolganmiz. Gap orasida “Ukam rassom, qo‘li gul”, deb maqtab qolgan. O‘sha vaqtlari ayni rassom izlab yurgandim. Chunki to‘ylarga taklif etishganida ko‘pchilik raqamimni so‘rardi. Qog‘oz va ruchka esa har doim ham topilmasdi. Chunki hozirgi tashrif qog‘ozi ko‘rinishidagi narsani yasataman, deb yurgandim. U paytlari bosmaxonalar yo‘q, hammasi qo‘lda chizilardi. Obidjon bir nechta tashrif qog‘ozini yasab, ustiga suratimni ham chizib bergandi. “Men ham qiziqchilikka qiziqaman, bitta sinab ko‘rasizmi?” degan. “Qo‘lingda guldek hunaring bor ekan”, deb rad javobini berganman. Avvaliga biroz ranjigandi. Keyinchalik To‘xtamurod Azizov boshchiligida “Ko‘zgu” teatri ochiladigan bo‘ldi. Unga Obid bilan Sobitni ham taklif etdik. Uddalasa uddalar bo‘lmasa, teatrni tark etadi, deb o‘ylagandim. Ammo u qisqa vaqtda sanʼatga begona emasligini isbotlay oldi, — deydi Mirzabek Xolmedov.

    “Bu yerda otarchilarga nima bor”

    Qiziqchi faoliyatidagi qiyin kunlarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — Sobit Asomov sobiq “Lenin” nomidagi muzeyda elektr tarmoqlariga javobgar shaxs bo‘lib ishlardi. Shu akaning yordami bilan hamma ishdan ketgan vaqtga muzeyga kirib, tayyorgarlik ishlarini qilardik. Ammo bir kuni ruxsatsiz binoga kirayotganimizni rahbarlar bilib qolib quvib solishgan. “Muzeyda otarchilarga nima bor”, deyishgan. U paytlar qayta qurish vaqtiga to‘g‘ri kelgani uchun har tomonlama qiyin edi. Arzimagan pulga bo‘lsa-da, Toshkentdagi barcha teatr va kinosaroylarda konsertlar berardik. Ammo qisqa vaqtda odamlarning og‘ziga tushib, kassetalarimiz tarqalib ketgan. So‘ngra maslahatlashib, “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida konsert berganmiz. Keyin jamoa teng ikkiga bo‘lindi va “Mirzo teatri” alohida ijod qila boshladi. Ko‘pchilik bizni raqib deb bilsa-da, aslida biz hamisha do‘stdan ham yaqin bo‘lganmiz, — deydi Mirzabek Xolmedov.

    “To‘pponcha tirab, to‘yiga olib bormoqchi bo‘lgan”

    Qiziqchi mushtumzo‘rlar taʼqibiga uchragan kunlarini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — To‘ylar bilan bog‘liq ko‘plab qiziqarli voqealar bo‘lgan. Hozirku sanʼatkorlar to‘yga emin-erkin borib keladi. Avvallari esa to‘yda xonanda yoki qiziqchiga qitmirlik qilish odatga aylangandi. Mushtumzo‘rlar to‘y yakunida istagan xurmacha qilig‘ini qilardi. Mast-alastga aka, sizniki to‘g‘ri, deb turishdan boshqa iloj yo‘q edi. Eng yomoni, 1988—1989-yili to‘pponcha bilan qo‘rqitish urf bo‘lgan. Bir kuni to‘yda xizmat qilayotgan ikki erkak kelib, chetroqqa o‘ting, gap bor, degan. Ular meni o‘zlari bilan boshqa to‘y xizmatiga olib borishni istagan ekan. Yo‘q, xizmatdaman, deyishim bilan kostyumining ichki cho‘ntagidan to‘pponcha ko‘rsatgan. Xullas, shunday to‘ylarda pishib, Mirzabek Xolmedov bo‘lganman, — deydi qiziqchi.

    “Dublyajga qiziqmasdim”

    To‘tiqush Kesha haqidagi multfilm yodingizdami? Uning o‘zbek tilidagi varianti aslidan ham qiziqroq chiqqan. Albatta bunda Mirzabek Xolmedovning hissasi katta.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — Aslida dublyaj sohasiga unchalik qiziqmaganman. Shunchaki hazillarni tasmaga yozdirib olish uchun studiyaga borardim. O‘sha yerda ovozlarni taqlid qilib o‘tirsam Mukambar G‘oziyeva degan rejissor opa kuzatib turgan ekan. “Mana bunga ovoz berolasizmi?” degan. Kichkinagina rol edi. Ovoz berganimdan keyin katta-katta rollarga chaqirgan, — deydi Mirzabek Xolmedov.

    “Janozamga kelishgan”

    Mirzabek Xolmedov o‘zbek sanʼatkorlari ichida eng ko‘p “o‘ldi”ga chiqarilgani bilan ham ajralib turadi. 2016-yili ham xuddi shunday mish-mish tarqalgan.

    Foto: Kino-teatr.ru

    — Men yoshligimdan shunaqa xabar eshitib kelaman. Bir safar o‘libdi, peshinda chiqarishar ekan, degan xabar tarqalgan. Uzoq safardan, yo‘ldan kelayotsam, eshigimning tagida tumonat odam, ‘peshinga chiqararkan deb keldik’, deyishdi, ‘yo‘q, sog‘-u salomatmiz’, dedim.

    Foto: Kino-teatr.ru

    Rahmatli onam ‘seni tuprog‘ing yengil bolam, o‘zing uydasan-u, gaping ko‘chada’, derdilar. Keyin bir marta chiqdi bu gap, keyin yana bir marta chiqdi. Kim biladi, bu internetdagi shayton sifat odamlarning ishi bo‘lsa kerak. Fozilxo‘ja qori aka rahmatli ustozimiz bo‘lganlar, ular ‘shaytonsifat odamlar bor, shayton nima qilsa, o‘sha ishni odam bo‘lib turib qilishadi’, derdilar, — deydi Mirzabek Xolmedov.

    Oilasi haqida gapirishni istamaydi

    Foto: Kino-teatr.ru

    Mirzabek Xolmedov oilasi haqida gapirishni unchalik istamaydi. Faqatgina uning uch nafar o‘g‘li borligi va ularning bari sanʼat sohasida faoliyat yuritishi maʼlum.

    Ma’lumot uchun, Mirzabek Xolmedov 1989-yildan buyon o‘z muxlislari uchun har yili konsert dasturi tashkil qilib keladi. U aktyor sifatida “Alif va Laylo”, “Oltin devor”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Muhabbat sinovlari-1”, “Muhabbat sinovlari-2”, “Ulfatlar-1”, “Ulfatlar-2”, “Ulfatlar-3” kinokartinalarida rol o‘ynagan.

    16.12.2023, 13:31   Izoh (0)   53257
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qora bozor” sabab qochoqqa aylangan, Ozoda Nursaidova bilan arazlashgan va o‘ldiga chiqarilgan Halima Ibragimova 44 yoshda (foto, video)

    28.10.2023, 19:23

    Ishni fabrikadan boshlagan, Turkiyada moliyaviy qiyinchilikka uchragan “boyning qizi” Yulduz Usmonova 60 yoshda (foto, video)

    14.12.2023, 15:52

    Ozodbek Nazarbekov nega yosh xonanda Yodgora G‘oyipovaga dakki bergandi? (video)

    14.12.2023, 19:52

    “Hozirgi aqlim bo‘lganida ajrashmasdim”. Iroda Iskandarova o‘g‘lining o‘limidan so‘ng o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgani hamda Davron G‘oyipov bilan turmushi haqida

    15.12.2023, 13:35

    “Dadamdan yodgorlik bo‘lib qolganman”. Yosh xonanda Yodgora G‘oyipova otasiz o‘tgan bolaligi hamda “Artist” loyihasi ijodkorlaridan ranjigani haqida (video)

    12.12.2023, 17:30

    “Sevgi iztirobi”dagi Amir — Kaan Urganjio‘g‘li ilk marta ota bo‘ldi

    12.12.2023, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.