2023-yilning 19-iyun kuni Kaan Urganjio‘g‘li va Burju Denizer kutilmaganda turmush qurgan edi. Maʼlum bo‘lishicha, bu qarorga shoshilinch kelishning sababi Burjuning homiladorligi bilan bog‘liq bo‘lgan.
9-dekabr kuni “Hukm” ,“Sevgi iztirobi” seriallaridagi roli bilan tanish bo‘lgan Kaan Urganjio‘g‘li farzandli bo‘ldi.
Burju Denizer homiladorligi haqida ko‘p ham gapirmadi, biroq bir necha oy oldin u homilasi ancha bilinib qolgan fotosurati bilan bo‘lishgan edi.
Mashhur juftlik farzandiga Ardich ismini chaqaloq tug‘ilishidan ancha avval tanlagan.