Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning Ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qilganini maʼlum qildi.
Yevropa Ittifoqi sammiti bugun boshlandi va ertaga ham davom etadi. Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi sammitning asosiy mavzusi bo‘lishi avval xabar berilgandi. Muzokaralar davomida Ittifoq a’zolari yakuniy qaror qabul qilishlari kerak.
Muzokaralar boshlanishi uchun barcha 27 mamlakat bir ovozdan qaror qabul qilishi kerak. Ammo Vengriya bosh vaziri Viktor Orban sammit boshlanishidan oldin Ukraina Ittifoqqa qabul qilinishga tayyor emasligini aytgandi.
Shuningdek, sammitda Gruziyaga nomzod maqomini berishga qaror qilingan.
Izoh (0)