Estoniya Ukrainaga qiymati 80 million yevro bo‘lgan Javelin tankka qarshi raketa va boshqa qurollarni jo‘natishga qaror qildi, deb xabar berdi Boltiqbo‘yi respublikasi davlat teleradio portali ERR.
“Hukumat mudofaa vaziri Xanno Pevkurning Ukrainaga uzoq muddatli harbiy yordam ko‘rsatish va unga 80 million yevro qiymatidagi turli xil qurol va boshqa zarur jihozlarni jo‘natish taklifini qo‘llab-quvvatladi”, — deyiladi xabarda.
Yordam paketiga Javelin tankka qarshi raketalardan tashqari pulemyotlar, o‘q-dorilar, turli jihozlar, shuningdek, suv ostiga sho‘ng‘ish uskunalari kiradi.
2022-yildan beri Estoniya Kiyevga deyarli 500 million yevrolik harbiy yordam ko‘rsatdi, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1,4 foizini tashkil qiladi.
Izoh (0)