Zlatan Ibrahimovich vaqtinchalik “Milan” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Avvalroq, Milan klubi Chempionlar Ligasi pley-offiga chiqa olmasa, rahbariyat Stefano Piolini iste’foga chiqarishi xabar qilingandi.
Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, Pioli klubni tark etsa, uning o‘rnini Zlatan Ibrahimovich va Inyatsio Abate deuti klubni vaqtinchalik boshqaradi. Abate hozirda milanliklarning yoshlar jamoasini boshqaradi.
Zlatan bir necha oylardan buyon “Milan” xo‘jayini Jerri Kardinale bilan klubga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Shvetsiyalik sobiq futbolchi jamoada rahbariyatdan joy olishi yoki murabbiy bo‘lish varianti ham mavjud.
Izoh (0)