Amerika Qo‘shma Shtatlari va kollektiv G‘arb har qanday holatda ham, birinchi navbatda, texnologik sohada o‘z hukmronligini saqlab qolishni istaydi, ammo buning iloji yo‘q, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Bugungi kunda jamoaviy G‘arb, birinchi navbatda Amerika Qo‘shma Shtatlari har qanday holatda ham o‘z hukmronligini saqlab qolmoqchi, ayniqsa, texnologik sohada. Bu mumkinmi yoki yo‘qmi? Yo‘q, albatta”, — dedi Putin.
Rossiya rahbari G‘arbga hukmronlikni saqlab qolish uchun mojarolar kerakligini, shuning uchun AQSH va uning ittifoqchilari boshqa davlatlar ishlariga faol aralashib, “provokatsiyalar va fuqarolar urushlarini uyushtirayotganini” aytib o‘tdi.
“G‘arb gegemonligi butun dunyo uchun turg‘unlikni anglatadi. Biroq zamonaviy ko‘p qutbli dunyo tizimini mustahkamlash orqali keskinlikni kamaytirish va umumiy tahdidlarni bartaraf etish mumkin. Rossiya yanada demokratik dunyoni barpo etish va xalqaro xavfsizlikning mavjud mexanizmlarini takomillashtirish yo‘lida qadam tashlashda davom etadi”, — dedi Putin.
Izoh (0)