Andijon viloyati IIB YHXB axborot xizmati Andijon shahrida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobus binoga urilgani, uning haydovchisi esa mast holatda turgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 6-dekabr kuni soat 23:30 larda Andijon shahri Y.Otabekova ko‘chasida sodir bo‘lgan. 58 yoshli B.R. “Alpomish merosi” MCHJga qarashli avtobus transport vositasini mast holatda boshqarib, uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, binoga borib urilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi hech qanday tan jarohati olmagan, unga nisbatan YPX xodimi tomonidan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilgan.
Avvalroq Toshkent viloyati Olmaliq shahrida avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgani, Toshkentda MAN avtobusi to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)