Buyuk Britaniya Rossiyaga ehtiyot qismlarini olib kirishda vositachi bo‘lgan O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi. Bu haqda hukumat hujjatida ma’lum qilindi.
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi va unga 45 nafar jismoniy va yuridik shaxslarni kiritdi. Cheklovlarga nafaqat Rossiya tashkilotlari, balki xorijiy kompaniyalar ham uchragan. Jumladan, ro‘yxatga BAAning to‘rtta, Xitoyning uchta, Turkiyaning Smart Trading Limited, Serbiyaning Avio Chem, O‘zbekistonning Mvizion kompaniyalari kirgan. London bu kompaniyalarni Rossiyaga harbiy texnika va butlovchi qismlar yetkazib berishda ayblagan.
Bundan tashqari, Belarusga qarshi sanksiyalar ro‘yxati ham kengaytirildi. Avvalroq AQSH ham
Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi. Yangilangan AQSH ro‘yxatiga 13 nafar jismoniy shaxs va 20 ta kompaniya kirgan.
Izoh (0)