Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining “Shaxsiy maxsus iqtisodiy va boshqa cheklovchi choralarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 147 nafar fuqaroga, shuningdek, 303 ta yuridik shaxsga nisbatan sanksiya qo‘llash to‘g‘risida farmonlarni imzoladi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar orasida O‘zbekiston korxonalari va fuqarolari ham bor. Xususan, Akkermann Cement CA (Ohangaron), “Ohangaronsement” AJ, shuningdek, Narziyeva Nargiza Erkinovna, Nosirxo‘jayev Shohrux Olimjonovich “qora ro‘yxat”ga tushgan.
Sanksiyalar aktivlarni bloklash, mol-mulkka egalikni taqiqlash, savdo operatsiyalarini cheklash, iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlarni to‘xtatib turish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni to‘liq yoki qisman taqiqlash kabi ko‘plab choralarni o‘z ichiga oladi.
Zelenskiyning farmonida sanksiya ostiga tushgan fuqarolar va kompaniyalar aynan qaysi qonunlarni buzgani haqida ma’lumot berilmagan. Ammo Ukraina prezidenti o‘zining kechki videomurojaatida sanksiyaga uchraganlar bevosita Rossiya agressiyasi uchun ishlashini aytdi.
O‘zbekistonliklardan tashqari Rossiya, Ukraina, Ruminiya, Kipr, Buyuk Britaniya, Lixtenshteyn, Avstriya, Shveysariya va Belarus fuqarolari ham sanksiyalarga duchor bo‘lgan. Yuridik shaxslar orasida sanksiyalar ro‘yxatiga aviatsiya, qurilish va texnologiya sohalarida faoliyat yurituvchi, xususan, Rossiya, Kipr, BAA va Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar kiritilgan.
Izoh (1)
яхши одам эмасда шу