• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Eng katta orzum — uyli bo‘lish”. “Qalpoq”dagi Sohiba — Fotima Nazarova quvnoq obrazi ortidagi dardlari hamda moliyaviy qiyinchiliklari haqida

    “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Sohiba roli orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Fotima Nazarova “Daryo” muxbiri Nargiza Murodovaga intervyu berdi. U suhbat davomida nega san’atni tanlagani, oilaviy sharoiti va uni qiynayotgan muammolar haqida gapirdi.

    Foto: Kollaj

    — Asli Tojikistonda tug‘ilganmiz, keyin dadam oilasini olib Surxondaryoga ko‘chib kelgan ekan. Oilada 8 qiz va bir o‘g‘il farzand edik. Onam bechora sakkiz qizdan keyin o‘g‘il farzandni tilab olgan ekan. Oilamiz kamtarona yashardi, dadam qassobchilik qilardi.

    Bolalikdan Zuhra bilan qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rardik. Dadam rahmatli to‘y-hashamlarda stolning ustiga chiqarib, bizga qo‘shiq ayttirardi. “Ola qanot” degan qo‘shig‘imizning “oshiqlari” ko‘p edi.Zuhra bilan musiqa bilim yurtini tamomladik. O‘sha yili 40 nafar iqtidorli o‘quvchi Toshkentdagi san’at institutiga yuboriladigan bo‘ldi. “Faqat ularning eng iqtidorlisi o‘qishga olinsin va institutni bitirgach, vohaga qaytib ishlasin”, degan buyruq bo‘ldi. Men ham 40 nafar o‘quvchi bilan Toshkentga keldim va 8 nafar abituriyent qatorida o‘qishga qabul qilindim. Aslida Zuhra ham o‘sha yili o‘qishga kelishi kerak edi. Afsuski, to‘satdan dadam olamdan o‘tib qoldi, u qiz boshi bilan katta ro‘zg‘orni tebratishiga to‘g‘ri keldi. U to‘ylarda qo‘shiq kuylab, pul topardi.

    “Yoshim o‘tib qolganini aytishdi”

    Foto: Fotima Nazarova arxividan

    — Institutni tamomlab, O‘zbekiston yoshlar teatriga ishga bordim. Ammo bir yarim yil ishlab ham o‘z o‘rnimni topolmadim. Shundan keyin “O‘zbekteleradio” qoshida tashkil etilgan xor jamoasiga ishga kirdim. Sakkiz yil ishlagach, oila qurdim. Farzandlarimni oyoqqa qo‘yishim kerak deb 10 yil ishlamadim. Keyin ishga joylashaman deganimda, yoshim o‘tib qolganini aytib ishga olishmadi.

    Rahmatli Mirza Azizovga ham ishga oling, deb borganman. U “Muqimiy” nomidagi musiqali drama teatrida aktyor shtati hozircha yo‘qligini aytib, yong‘in nazoratchisi sifatida ishga olgandi. Afsuski, vafot etganidan keyin yangi rahbar Aleksandr Bekjonov meni tomoshabinlarni nazorat qilish vazifasiga o‘tkazdi. U yerda ham ishlab yurdim. Ammo tomoshabinlar tanib, “Siz aktrisa emasmisiz? Shu yerda nazoratchilik qilasizmi?” degan gaplari o‘zimga ham g‘alati tuyuldi. Rahbarning oldiga kirib, “Aktrisalikka qachon o‘tkazasiz? To‘rt yildan beri aktrisalik shtatiga o‘tolmayapman”, dedim. Xullas rad javobini olgach, ishdan ketdim. Alam qilgani mendan keyin kelganlarning qanchasi aktyor va aktrisa shtatiga olindi, ammo menga kelganida “joy yo‘q” deyishdi. Bu ham bir adolatsizlikda...

    “Oilam bilan yotoqxonada ijarada yashaymiz”

    Foto: Fotima Nazarova arxividan

    — San’atning ortidan pul topish juda qiyin. Masalan, teatrda ishlaganimda 700 ming so‘m oylik olardim. Har kuni ish. Syomkalar esa har kuni ham bo‘lmaydi.Shu paytgacha uy-joyim yo‘q. Ikki farzandimiz bilan Xadradagi yotoqxonada yashaymiz. Bu yerda bitta yoki to‘rtta farzandingiz bo‘lsa ham bir xona ajratiladi. Uchta oilaga bitta —  hojatxona va hammom. O‘n ikkita xonadonga bitta oshxona. Eng alam qiladigani, bu yerda mashhur, xalq qadrlaydigan ijodkorlar juda ko‘p. Birgina xonaga 642 ming so‘m pul to‘laymiz, ammo sharoitlar u qadar qoniqarli emas.Erim ham toparmon tutarmon emas, ro‘zg‘ordan orttirib bolalarimni to‘garakka ham berolmayman. Qizim yaqinda ingliz tili to‘garagiga berishimni so‘radi, ammo pul topib berolmadim. O‘g‘lim yaxshi sport murabbiyiga uchradi. Murabbiy sharoitimni tushundi. Hozirda o‘g‘lim taekvando bilan shug‘ullanyapti.

    “Avvaldan ‘Qalpoq’da borman, faqat ko‘zga tashlanmaganman”

    Foto: Fotima Nazarova arxividan

    — “Qalpoq”chilar bilan institutda birga o‘qiganmiz. Bu jamoa tashkil topmasidan avval uchta qizdan iborat “Shov-shuv” kulgi jamoasini tashkil etgandik. Afsuski, faoliyatimiz u qadar omadli bo‘lmadi. Jamoa tarqalgan, Abdurahmon “Qalpoq”ga taklif etdi. “Nega avval chiqmagansiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Aslida jamoa bilan ancha yillardan buyon birgaman. Faqatgina ilgari shevada gapirishimga ruxsat berishmasdi. Keyin ssenariylar ham toza tekislanardi. Hozir ancha erkinlik bo‘lgani uchun Sohiba rolining o‘ziga xosligi darrov sezilyapti.Menda soxtalik yo‘q. Gapirishim, kulishim rolda qanday bo‘lsa, hayotda ham shunday insonman. Shu bois ko‘pchilik rolimga ishonadi. Hatto Sohibaning erga tegish orzusini amalga oshirish uchun uylanmoqchi bo‘lganlar ham ko‘p bo‘lgan.

    “Aktrisaga ham o‘xshamayman”

    — Ba’zan o‘zimni oynada ko‘rib, aktrisaga ham o‘xshamayman, deb kulib qo‘yaman. Chunki aktrisalar chiroyli kiyimlarni kiyib, atrofdagilarning e’tiborini tortishi kerak. Menda esa hammasi oddiy. Sharoitim bo‘lganda-ku, men ham qimmat kiyimlarni olib kiygan bo‘lardim. Ilgari to‘ylarda qo‘shiq kuylardim. Harna bu ham ro‘zg‘orga foyda edi. Fonogrammachi ansambllar ko‘payib ketdi-yu, mendek jonli ijroda kuylaydiganlarga non qolmadi. Hozir ham onda-sonda to‘ylarga chaqirishadi. Ammo baribir talab avvalgidek emas.

    “Diplom hech narsani hal qilmas ekan”

    Foto: Fotima Nazarova arxividan

    — Egizagim Zuhra Surxondaryodagi madaniyat uyida ishlaydi. U ham to‘ylarda qo‘shiq kuylaydi. Shukrki, 90 yoshni qarshilagan nuroniy onam bor. Opalarimning bari o‘zi bilan o‘zi ovora. Halol mehnat bilan rizqimni topaman deb umri o‘tyapti. Oilamizda bitta men oliy ma’lumotli bo‘lganman, qolganlarining hammasi bolalikdan dehqonchilik, chorvachilikni o‘rganishgan. Ba’zan qiynalib ketganimda, hayotda diplom hech narsani hal qilmas ekan-da, deb o‘ylab qolaman.

     “Sohiba ba’zilarni g‘azablantiradi”

    Foto: Fotima Nazarova arxividan

    — Shu kungacha taklif etilgan rollarning hech birini rad etmaganman. Ammo rejissorlar menga unchalik ishonishmaydi. Faqat epizod, lip etib ko‘rinib, lip etib yo‘qolib qoladigan rollarni berishadi. Epizod rolga yarasha haq ham to‘lashadi. Fe’lim chatoqmi bilmadim, o‘zim ham rol so‘rashni bilmayman. Kastinglar qachon va qayerda o‘tkazilishini-ku, umuman bilmayman.

    Yaqinda bir ayol Instagram sahifamga “Sohiba ismimdan nafratlanib ketyapman, iltimos, roldagi nomingizni o‘zgartiring”, deb xabar yuboribdi. Ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Sohiba rolini yaratishdan avval uzoq o‘ylaganmiz. U orqali aqli noqis emas, aksincha ko‘ngli toza va samimiy qiz fe’l-atvorini ko‘rsatib berishni niyat qilganmiz.

    “Uyim bo‘lishini orzu qilaman”

    Aktrisa farzandlari bilan.

    Aktrisa farzandlari bilan.
    Fotima Nazarova arxividan

    — Rollar borasida orzularim yo‘q. Faqatgina o‘z uyim bo‘lishini va bolalarimni yaxshi o‘qitishni istayman. Menimcha, tarixiy rollarni ijro etolmasam kerak, ammo komediyaga moyilligim juda yuqori.Farzandlarim ham ancha ulg‘ayib qoldi. Qizim Mubina 16 yoshda, o‘g‘lim Mahmudjon esa 13 yoshda. Ularni institutda o‘qitish niyatim bor, ammo san’atkor bo‘lishlarini istamayman.

    Ma’lumot uchun, Fotima Nazarova 1971-yil tavallud topgan. 1991-yili hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Musiqali drama teatri aktyorligi” bo‘limida tahsil olgan.

                  Mavzuga doir:

    • “Oq do‘ppi’ sabab ‘Qalpoq’ ko‘rsatuvi efirga chiqmagan”. “Qalpoq”da Farmon obrazi bilan tanilgan Muhtor Halimov taqiqlar haqida gapirdi (video)
    • “YPX xodimlari ‘Qalpoq’ning alamini mendan oldi”. Iskandar Hamroqulov qaysi mavzularda hazil qilishdan qo‘rqishi haqida gapirdi (video)
    • “Kutilgan natijaning teskarisi bo‘ldi. Endi bunday roliklar tayyorlanmaydi”. IIV — “Sho‘rdanak” va “Qalpoq” atrofidagi shov-shuvlar haqida

    16.05.2022, 13:44   Izoh (0)   52160
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hech kimni rag‘batsiz qoldirmaydigan “Bo‘zatov fest”ning saralash bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

    14.05.2022, 23:36

    Gollivud afsonasi Merilin Monroning portreti 195 mln dollarga sotildi va kartina XX asrning eng qimmat asariga aylandi

    12.05.2022, 19:29

    Birinchilikni qo‘lga kiritganlarga 50 million pul mukofoti va’da qilib, yosh iste’dodlarni kashf etayotgan “Bo‘zatov fest”dan fotoreportaj

    11.05.2022, 19:42

    Farg‘onada Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqida hikoya qiluvchi “Osiyo arsloni” filmini suratga olish ishlari boshlandi

    10.05.2022, 09:53

    “Saratonga chalingan Baranessa, 36 yoshli Graf va kichkintoy”. Manzura uyidagi mushuklari haqida (video)

    09.05.2022, 17:48

    “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalidan fotoreportaj

    08.05.2022, 14:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.