• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ular bizdan o‘zib ketdi”. Qozog‘istonlik ekspert O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi ko‘rilayotgan choralarni e’tirof etdi

    Uysmedia nashrining bosh muharriri Samal Ibrayeva yurist-sotsiolog, xalqaro ekspert Xalida Ajigulova bilan gender masalalari, nima uchun Qozog‘iston zo‘ravonlar va qotillar uchun “jannat” ekani haqida suhbatlashdi.

    Skrinshot: YouTube

    Mazkur intervyuda bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri — ayollarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusi ko‘tarilgani bilan ahamiyatli. Statistikaga ko‘ra, Qozog‘istonda har yili oilaviy zo‘ravonliklar oqibatida 400 kishi vafot etadi. Ammo bunday jinoyatlarni kamaytirish imkoniyatiga ega davlat tomonidan hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmayapti.

    Ushbu mavzu Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olinganidan so‘ng ko‘tarilmoqda. Suhatda Xalida bunday jinoyatlar siyosiy tagma’noga ega ekani, bunday voqealar doimiy sodir bo‘lishi va ayrim joylarda emas, butun Qozog‘istonda kuzatilishini aytdi.

    O‘z navbatida ekspert O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish hukumat darajasida olib borilayotgani, bu borada hatto qonun qabul qilinganini e’tirof etdi.

    “Qozog‘istondan ko‘ra demokratiya kamroq hisoblangan O‘zbekistonda esa oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Shunday ekan O‘zbekiston Qozog‘istondan o‘zib ketdi, chunki mamlakatda oilaviy zo‘ravonlik, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka jinoiy javobgarlik belgilandi, ko‘pxotinlik, hatto uni targ‘ib qilish taqiqlandi.

    Bilasizmi nima, ularni prezidentning qizi borasida omadi keldi. Davlat rahbarining qizini o‘zi hissiyotga boy inson, bu muammolar uni tashvishga soladi. Shu sababdan u bu mavzuni ko‘tardi va hech kim O‘zbekiston prezidentiga biror e’tiroz bildira olmadi. Bizning prezidentimizning ham uchta qizi bor edi. Ammo ulardan hech biri oilaviy zo‘ravonlikka oid muammolarni ko‘tarmagan. Biri doim qo‘shiq kuyladi, boshqasi muntazam brilliantlarni reklama qildi, oddiy xalq qanday yashayotgani esa ularni hech qachon tashvishlantirmadi”, — deydi Ajigulova.

    Aprel oyida Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir qonunni imzolagandi. Hujjat asosida Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

    Prezident yordamchisi (u vaqtda Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri) Saida Mirziyoyeva ushbu qonun bilan ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish taʼminlanishiga ishonch bildirgan edi.

    “Biz nihoyat tajovuzkorlarni javobgarlikka tortish orqali ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qila olamiz. Endilikda voyaga yetmagan shaxs bilan aloqa jamoat xavfi bo‘lmagan jinoyatlar toifasidan og‘ir jinoyat qatoriga o‘tdi. Biz voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilgan va qamoqdan qutulib qolmoqchi bo‘lganlar uchun bo‘shliqlarni yopamiz. Endi bu qilmish uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Bu esa davlat har qanday zo‘ravonlikka qarshi qatʼiy kurashayotgani haqida jinoyatchilarga yaqqol ishora. Zo‘ravonlik — jinoyat. Zo‘ravonlik — bizning madaniyatimiz emas”, – deb yozgan u.

    Qonun bilan Jinoyat kodeksiga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘orda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega shaxsga nisbatan yetkazilgan jarohat og‘irlashtiruvchi holatlarni keltirib chiqarsa, xususan, sog‘liqning uzoq vaqt (kamida 21 kun, ammo 4 oydan ko‘p bo‘lmagan davrda) yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining 10 foizidan 33 foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish sodir etilsa, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    23.11.2023, 12:09   Izoh (0)   9085
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi

    23.11.2023, 11:28

    “O‘zgidromet” 24-noyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

    23.11.2023, 10:53

    Surxondaryoda xonadoniga mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatganlar aniqlandi

    23.11.2023, 10:49

    Sergelida Milliy gvardiya xodimi bilan janjallashgan erkak qo‘lga olindi

    23.11.2023, 10:21

    Samarqand 2025-yilda UNESCO Bosh konferensiyasi sessiyasiga mezbonlik qiladi

    23.11.2023, 10:10

    Pekinda O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlarining birinchi strategik muloqoti o‘tkazildi

    23.11.2023, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.