Toshkent shahrining ikki tumani: Yunusobod va Sergelida 24-noyabr kuni elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 24-noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yunusobod tumani: “Yunus ota”, “Astrobod” hamda “Halqabog‘” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Sergeli tumani: “Madadkor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi taʼkidlangan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)