Vena shahrida O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.
Qayd etilishicha, marosim doirasida elchining Avstriya prezidenti bilan suhbati bo‘lib o‘tgan. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Suhbat yakunida Avstriya prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va uning ushbu mas’uliyatli faoliyati Avstriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirgan.
O‘zbekistonning yangi elchisi Avstriyaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida 2017–2023-yillar mamlakatning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan. Ibragimov 1992-yildan beri TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSH va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh (0)