Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
U 2018-yildan buyon O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi edi. Ravshan Usmonov 45 yoshda, Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bitirgan.
Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Italiya va Portugaliya respublikasida elchi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
U 2019-yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rnini egalladi.
Iyul oyida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Timoti Smart tayinlangandi.
Izoh (0)