Kongo Respublikasining poytaxti Brazzavilda armiyaga yollash tadbiri oldidan stadionda yuz bergan tiqilinch oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi va yana ko‘plab odamlar jarohat oldi.
Bu haqda Les Echos du Congo Brazzaville portali hukumat bayonotiga tayanib xabar berdi.
“Fojia Ornano stadionida 20-noyabrdan 21-noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 37 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohatlangan”, — deyiladi hukumat xabarida.
Portal maʼlumotlariga ko‘ra, stadionda armiyaga chaqiruv bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgan, o‘rin cheklangani sababli stadionga kirish uchun ko‘plab nomzodlar saf tortgan. Kongo Respublikasi armiyasiga yollash shartnoma asosida amalga oshiriladi, harbiy xizmat Kongo yoshlari orasida juda mashhur.
Izoh (0)