Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash Yaponiya uchun dolzarb vazifadir. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Fumio Kisida Tokioda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga shunday bayonot berdi.
“Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari geosiyosiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda va ular bilan aloqalarni mustahkamlash dolzarb vazifadir”, — degan Yaponiya bosh vaziri.
Kisida va Japarov Markaziy Osiyo taraqqiyotini rag‘batlantirish imkoniyatlarini, Tokio va Bishkek o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, infratuzilma va inson resurslari sohasida ham davom ettirishga kelishib olgan.
Tomonlar Ukraina, Yaqin Sharq va Hind-Tinch okeani mintaqasi mavzularini muhokama qilib, global tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun xalqaro huquqqa asoslangan harakatlar zarurligini yana bir bor tasdiqlagan.
Izoh (0)