Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 21-noyabr, seshanba kuni JCH—2026 saralashi doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv oldidan Eron terma jamoasi yordamchi murabbiyi Antonio Manikone matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Jamoamiz bosh murabbiyi Amir Galenoi betob bo‘lib qolgani sababli matbuot anjumanida ishtirok eta olmaydi. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, O‘zbekistonni juda yaxshi bilamiz, u bilan avval ham to‘qnash kelganmiz. Ertangi o‘yin juda yuqori tempda o‘tadi deb o‘ylayman.
CAFA musobaqasi finali menga yoqqan edi. O‘zbekiston terma jamoasi hozirda Osiyoning eng kuchlilaridan biri. Srechko Katanes ham juda tajribali mutaxassis hisoblanadi. Ertaga yaxshi o‘yin bo‘ladi deb umid qilamiz.
Eron ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynaydi? Fikringizga qo‘shilmayman. So‘nggi 9 o‘yinimizni ko‘rmaganga o‘xshaysiz. Biz aqlli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Futbol faqat hujumkorlik yoki himoyalanishdan iborat emas. Vaqtida hujum qilish kerak, vaqtida himoyalanishni ham bilish lozim.
Antonio Manikone, Eron terma jamoasi yordamchi murabbiyi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yini 21-noyabr 18:00 da start oladi.
Izoh (0)