Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning 16 ta shahrida bir vaqtda tashkil etilgan sport tadbiri sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarini o‘zida jamladi.
Musobaqa Toshkent shahrida 3 va 10 km, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, Gʻuzor, Xiva va Nukus shaharlarida 3 km masofaga yugurish bahslari bo‘yicha tashkil etildi.
Poytaxtda o‘tgan tantanali ochilish marosimida so‘z olgan rasmiylar bu kabi musobaqalarni o‘tkazish an’ana tusiga kirib qolgani, bu orqali mamlakatimiz aholisi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti yanada kuchayib borayotgani haqida to‘xtalishdi.
Bellashuvlarda qo‘shni mamlakatlardan ham atletlar ishtirok etishdi. Toshkent shahrida o‘tgan poygalarning g‘olib va sovrindorlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
3 km, ayollar:1. Anastasiya Silchenkova
2. O‘g‘iloy Muzaffarova
3. Marjona Oqqo‘ziyeva
Erkaklar:
1. Hasan Mirsoatov
2. Ahrorjon Mahmujadiyev
3. Shahram Abdurahmonov
Barcha natijalar:10 km, ayollar:1. Marina Xmelevskaya
2. Marjona Ahmadaliyeva
3. Alina Hakimova
Barcha natijalar:Erkaklar:
1. Nodirbek Mutalipov
2. Baxtiyor Ortiqov
3. Eldiyor Qodirov