Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionati nimchorak finalidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonlik yoshlar C guruhi g‘olibi bo‘lgan Angliya bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston U-17 va Angliya U-17 terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 22-noyabr kuni 13:30 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz В guruhidan o‘rin olgan o‘zbekiston yoshlari 4 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Reglamentga ko‘ra, barcha guruhlar ichida eng ko‘p ochko to‘plagan 4 ta uchinchi o‘rin egalari nimchorak final ishtirokchisiga aylanadi. Bu borada terma jamoa to‘rtinchi natija bilan pley-off masalasini ijobiy hal qildi.
Izoh (0)