• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada besh bolali ayolning uyi buzib tashlandi. Uybuzarmon xonadon egalariga begona emas

    Telegram messenjeridagi kanallarda Farg‘ona viloyatida yashovchi besh nafar farzandi bor ayolning uyi buzib yuborilgani aks etgan video tarqaldi. Holat jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. “Daryo” muxbiri mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida hodisa tafsilotlarini o‘rgandi.

    Ma’lum bo‘lishicha, voqea viloyatning Marg‘ilon shahridagi Yangi Marg‘ilon shaharchasi, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan. Uyi buzib tashlangani aytilayotgan ayol shu mahallada ro‘yxatda turuvchi, ammo ayrim sabablarga ko‘ra ijaradagi uyida yashab kelayotgan Muqaddasxon Xolmatova bo‘lgan.

    Muqaddasxon Xolmatova.
    Foto: “Daryo”

    Ayolning aytishicha, ushbu xonadon 2000-yildan boshlab turmush o‘rtog‘i va uning harakati bilan barpo etilgan. 

    Foto: Telegram
    Turmush o‘rtog‘im bilan 1995-yil turmush qurganmiz. Bu uyning o‘rni quruq yer edi. 2000-yilda shu yerdan uy qura boshladik. Turmush o‘rtog‘im eng kichik farzand bo‘lgani sabab, rahmatli qaynonam biz bilan 26 yil birga yashadi. Turmush o‘rtog‘im Toshkentga qatnar edi. Keyinchalik ko‘p siprtli ichimlik ichgani sabab, surunkali alkogolizm kasalligiga duchor bo‘ldi. Shu sabab xo‘jayinimni 2017-yil viloyat Narkologiya dispanseriga ro‘yxatga qo‘yib, majburiy davolay boshladik. Yiliga ikki marotaba davolanar edi, — deydi jurnalistlar bilan suhbatlashgan ayol. 

    Uyi buzib tashlangani aytilayotgan ayolga ko‘ra, u bu xonadonni 2020-yil tark etgan. 

    Foto: Telegram
    Xo‘jayinimdagi alkogolizm kasalligi shu darajada rivojlanib ketdiki, hatto nima qilayotganini ham bilmay, o‘zini boshqarolmay qoladigan darajaga yetdi. Menga va bolalariga pichoq va bolta ko‘tarib, zo‘ravonlik qilish darajasiga yetgach, voyaga yetmagan bolalarimni himoya qilish uchun xonadonimdan chiqib ketishga majbur bo‘ldim, — deydi jabrlanuvchi ekani aytilayotgan ayol.
    Humora Madaminova.
    Foto: “Daryo”

    Muqaddasxon Xolmatovaning aytishicha, eri va u qurgan uy qaynonasining nomida bo‘lgan. 2019-yili qaynonasi ushbu uyni Muqaddasxon Xolmatovaning turmush o‘rtog‘iga hadya sifatida bergan. 

    Men bolalarni olib uydan chiqib ketganimdan so‘ng, erimdan aliment talab qilib, shikoyat qilgandim. Shu sabab erimning akasi unga maslahat berib, onasi tomonidan hadya qilingan o‘zimizning uyimizni yana qaytarib onasining nomiga o‘tkazishga ko‘ndirgan. Ya’ni meni uyga da’vo qiladi deb, uyni yana qaynonam nomiga o‘tkazishgan. 2022-yil qaynonam og‘ir kasallik sabab, to‘rt oy yotib qolgan. Qaynog‘am shu payt qaynonamni uyiga olib ketib qaragan. Va g‘arazli niyati — uyni o‘z nomiga olishga erishgan. Qaynonam esa shu voqeadan so‘ng, bir oy o‘tib, vafot etgan, — deydi ayol.

    Muqaddasxon Xolmatovaning bildirishicha, bu uy 2022-yilda sotuvga ham qo‘yilgan. Ammo ayol va uning besh nafar farzandi shu uyda ro‘yxatda turgani sabab, sotilmagan.

    Foto: Telegram

    “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jahongir Yunusovning ma’lumot berishicha, Bahodir Xolmatov (uyni buzib tashlagani aytilayotgan fuqaro) marhum ukasi Farhod Xolmatovning bola-chaqasi va ayolini uyiga kiritmagan bo‘lsa-da, ukasining o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qilishini aytgan. Marhumning qizlari ham borligiga esa e’tibor qaratmagan. 

    Uyi buzib tashlangani aytilayotgan ayolning jurnalistlarga gapirib berishicha, marhum turmush o‘rtog‘i joniga qasd qilishidan to‘rt kun oldin unga qo‘ng‘iroq qilib, akasi uyni nomiga o‘tkazib olib, qaytarib bermayotganini, shu sabab o‘zini biror nima qilib qo‘yishini aytgan. 

    Jahongir Yunusov.
    Foto: “Daryo”
    Xo‘jaynim 2022-yilning 4-may kuni menga qo‘ng‘iroq qilib, yig‘lab kechirim so‘radi. “Ayasi mening vijdonim qiynalyapti, akam uyni qaytib bermayapti, bersa bolalarimni olib kelaman degandim. Telefon qilsam, telefonlarimni ko‘tarmayapti. Nima qilishni bilmayapman, o‘zimni biror nima qilib qo‘yaman”, degandi. Shu muloqotimizdan so‘ng, to‘rt kun o‘tgach, 8-may kuni erim o‘zini osib qo‘ydi, — deydi marhum Forhod Xolmatovning bevasi.

    “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jahongir Yunusovning ta’kidlashicha, mazkur holat yuzasidan mahallada sayyor sud bo‘lib o‘tgan va Muqaddasxon Xolmatova hamda farzandlarini uyga majburiy tartibda kiritish bo‘yicha sud qarori qabul qilingan. Sud qarori Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan 2023-yilning 14-noyabr kuni ijro etilishi belgilangan. Biroq, yakshanba kuni ayolning qaynog‘asi Bahodir Xolmatov noma’lum sabablarga ko‘ra uyni texnikalar yordamida buzdirib yuborgan. Ayni paytda uy yashash uchun yaroqsiz holag kelib qolgan.

    “Daryo” jurnalisti ayolga tegishli ekani aytilayotgan uyni buzib tashlagan Bahodir Xolmatov bilan muloqot qilib, uning harakatiga izoh olishga urindi. Ammo Bahodir Xolmatov gaplashish imkoni bo‘lmadi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    17.11.2023, 18:15   Izoh (0)   31553
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-dekabrdan oshirilayotgan nafaqa va pensiya miqdorlari haqida ma’lumot berildi

    17.11.2023, 18:07

    “Malayziyaliklar O‘zbekistonga qorni tomosha qilish uchun keladi” — Malayziya elchixonasi Turizm departamenti direktori Nor Shazly Bin Azmi

    17.11.2023, 17:45

    Samarqanddagi bog‘cha gazdan uzilib, sifatsiz ko‘mirda isitilayotgani aytildi

    17.11.2023, 17:35

    O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

    17.11.2023, 17:08

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi oshdi

    17.11.2023, 16:18

    Sariosiyoda fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi

    17.11.2023, 16:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.