Eron prezidenti Ibrohim Raisiy noyabr oyi boshida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashuvda harakat vakillaridan Tehron va Livanning “Hizbulloh” partiyasiga murojaat qilib, Isroil bilan urushga kirishish haqidagi ommaviy chaqiriqlarni bas qilishni talab qildi
Bu haqda Reuters Falastin harakati vakiliga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, Eron Ismoil Haniyadan Eron va “Hizbulloh”ni Isroilga qarshi to‘la kuch bilan jangga chiqish bo‘yicha qilayotgan chaqiriqlarni bas qilishni so‘ragan.
Avvalroq Eron prezidenti Ibrohim Raisiy xalqaro sudni G‘azo sektorini o‘qqa tutgan Isroil va Amerika yetakchilarini jazolashga chaqirgandi.
“Sionist va amerikalik jinoyatchi yetakchilarni ta’qib qilish va jazolash uchun xalqaro sud tashkil etish zarur”, — degandi u.
Izoh (0)