Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxt hududlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi, shu sababli 16-noyabr kuni 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi manzillarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi:
- Chilonzor tumani: “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma” mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylar va yerli xonadonlar;
— yuqorida keltirilgan mahallalarda joylashgan 38 ta ulgurji iste’molchi. - Uchtepa tumani: “Tepaqo‘rg‘on”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Ko‘hna Cho‘ponota”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” mahallarida joylashgan ko‘p qavatli uylar;
— yuqorida keltirilgan mahallalarda joylashgan 105 ta ulgurji iste’molchi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Izoh (0)