Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kuyov kelinni vertolyotda olib ketgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Viloyat YHXB mazkur to‘yda kortej bo‘lib harakatlangan haydovchilar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, videodagi holat Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, to‘y vaqtida yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit berib, guruh-guruh bo‘lib harakatlangan barcha transport vositalari haydovchilariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)