Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi 2023-yilda hamkor tashkilotlar bilan xalqaro turnirlar o‘tkazishning yangi tizimini yo‘lga qo‘ygan edi.
World Series Pro va World Series Masters deb nomlangan turnirlarda dunyoning barcha qit’asi milliy federatsiyalari va eng sara polvonlar ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Qit’aviy chempionatlar so‘ngida World Series Pro turniri uchun erkaklar -66 kg, -81 kg, -90 kg va mutlaq vazn toifalarida ayollar -57 kg, -70 kg va mutlaq vazn toifalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdi.
22 -noyabr kuni Toshkentda World Series Masters o‘z g‘oliblarini aniqlaydi. Toshkent shahrining “Alpomish” sport saroyida 4 qit’adan kelgan dunyoning eng kuchlilari bellashadi. G‘oliblarni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini kutmoqda.
1-o‘rin 10 000 AQSh dollari, 2-o‘rin 5 000 AQSh dollari va 3-o‘rin egalari 1 000 AQSh dollari bilan taqdirlanadi. Bu haqida xalqaro kurash assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Izoh (0)