“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Yer kodeksi hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchaga ko‘ra, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh (0)