Falastinliklarni G‘azo sektori yoki G‘arbiy Sohildan siqib chiqarishga qaratilgan har qanday urinish Iordaniya uchun qizil chiziqdir.
Bu haqda Iordaniya bosh vaziri Bishr al-Hasavna ma’lum qildi, deya xabar beradi “Al Mamlaka” telekanali.
“Iordaniya hukumati falastinliklarni o‘z hududlaridan chiqarib yuborishni urush eʼlon qilish deb hisoblaydi”, — dedi u.
“Isroilning G‘azodagi tajovuzkorligi kuchayishiga javob berishning barcha variantlarini muhokama qilganmiz”, — deya qo‘shimcha qildi Bishr al-Hasavna.
Izoh (0)