Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan brifingda Xitoy elchisi Yuy Szyun O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘l loyihasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Elchi Yuy Szyunning aytishicha, yetakchilar doirasida kelishilgan ish, albatta, muvaffaqiyatli oxiriga yetkaziladi.
“Xitoy bu loyihaga jiddiy qaraydi. Hozirgi kunda doimiy va tezkor ravishda kelgusi qadamlar borasida kelishuvlar olib borilmoqda. Bu yerda 500 km dan uzunroq temiryo‘l va kichik bo‘lmagan summa haqida gap ketmoqda. Voz kechmaymiz, chunki bu loyiha Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston manfaatlari uchun xizmat qiladi”, —dedi elchi.
To‘xtab qolgan loyiha
O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘l loyihasi ko‘p yillardan beri ortga surib kelinadi. 2018-yilda O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘l liniyasini qurish loyihasi birgalikda tayyorlanayotgani aytilgan edi.
Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari temiryo‘lni qurish borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga ahdlashib olgandi.
Maʼulmot uchun, Yuy Szyun iyul oyida Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi vazifasida ish boshlagan edi.
Izoh (0)