• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Go‘zallik bilan tillashadigan futbol sharhlovchisi. Namanganlik jurnalist gul plantatsiyasiga asos soldi (video)

    Namanganlik jurnalist Zokirjon Yigitaliyev uzoq yillar davomida matbuot, radio va televideniyeda ishladi, muxbirlikdan muharrirlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Ko‘pchilik u kishini o‘ziga xos ovozga ega futbol sharhlovchisi sifatida eslab qolgan. Bugungi kunda esa Zokirjon aka nafaqat jurnalistikada, balki gulchilikda ham peshqadam. Bunga uning gul plantatsiyasida bo‘lib qaytgan “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev guvoh bo‘ldi.

    “Pensiyaga tayyorgarlik nima bo‘lyapti?”

    Norin tumanining Cho‘ja qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sganman. Qishloq odami bo‘lganim bois dehqonchilikka qiziqish qonda bor, lekin bu bilan jiddiy shug‘ullanishga fursat bo‘lmasdi. Jurnalist sifatida bloknot va diktofon ko‘tarib yuraverganmiz.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Shunday kunlardan birida viloyat yo‘l-patrul xizmatining rahbari Kamolxon Aʼloxonov bir kuni “Zokirjon aka, pensiyaga ham tayyorgarlik ko‘ryapsizmi?” deb so‘rab qoldi. “Yo‘q, qanday tayyorgarlik ko‘rishim kerak?” dedim o‘smoqchilab. “Soddasiz-da, yuring men bilan” deb hovlilariga boshladi. Borsak, hamma joy bog‘, gulzor. “Siz ham shunga qiziqing, daromadi yaxshi bo‘ladi” deb maslahat berdi.

    Ertasi kuni uyga ancha-muncha qalamchalarni ham tashlab ketibdi. Er-xotin qalamchalarni bir amallab ko‘kartirdik, tuvaklarga pul yo‘q. Buning imkonini topib, tuvaklarga o‘tqazib bo‘lgandan keyin issiqxona qilish zarur bo‘lib qoldi. Xullas, asta-sekin sohaning ichiga kirib, gulchi va bog‘bon bo‘lib ketdik.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    “Qo‘shni davlatlardan ham kelib, olib ketishyapti”

    Oldiniga 5 sotixli issiqxona qildik, faqat gul ekdik. Keyin Qoradaryo bo‘yidan 70 sotix yer olib, u yerga pavlovniya, o‘rik ko‘chatlari o‘tqazdik. Mana bu ko‘rib turganlaringiz esa bug‘doydan bo‘shagan yerlar, jami 35 sotix. Bu yerga iyulning jazirama kunlari Koreya va Eron xrizantemasini ekdik. Bular sovuq yaqinlashgani sari ochilib boraveradi. Mana, hozir rosa avjiga chiqib, gullagan payti. Xaridorlar ham oqib kelyapti.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Yaqinda Qashqadaryoga 2 mingga yaqin gul jo‘natdim. Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod shaharlaridan ham kelib, olib ketishyapti. Dalamiz yo‘l ustida bo‘lgani bois ko‘zi tushgan borki, birrov bosh suqib o‘tadi.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Namanganda bir oy davom etadigan xalqaro gul festivaliga tumanlardan biri dizayner sifatida taklif qildi. Qo‘limdan kelganicha tavsiyalarni aytib, gul kompozitsiyasini tayyorlab berdim. Shu tuman festivalda g‘olib bo‘ldi. Ular xursand, meni esa quvonchimning cheki yo‘q.

    “Gullarning ortidan kam bo‘lmadik”

    Gulchilikning ortidan kam bo‘lmadik. Hovli-joylar qilindi, haj ziyoratlariga bordik, mashinalar oldik, nabiralarni o‘qitdik. Bir nabiram Kembrijda magistraturani tamomlash arafasida, yana biri Italiyaning Turin universitetida tahsil oldi, yana biri Andijon tibbiyot institutini tugatib, oliy ma’lumotli shifokor bo‘ldi.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Gul tirik organizm, kayfiyatni darrov sezadi. Shu bois menga qarashib yurgan o‘g‘limga ham, ekin-tikin bilan shug‘ullanadigan yordamchilarimizga ham gulxonaga doim xush kayfiyat bilan qadam bosishlarini tayinlayman. Kelgan xaridorning ko‘ngliga qaraymiz, ranjitmay jo‘natishga harakat qilamiz. Bizdan qoladigani shu aslida, chunki go‘zallik ulashuvchi insonlarmiz. Bu maqom bekorga berilmagan, uni oqlashimiz kerak.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    “Hali-hanuz ovozimdan tanishadi”

    Ko‘pchilik meni futbol sharhlovchisi sifatida tanidi, bildi. Radioda ishlagan yillarim o‘yinga qiziqishni bir maromda ushlab turishning o‘ziga xos usullaridan foydalanardim. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi keldi, qizg‘in o‘yin bo‘lyapti. Hisob 0:2, ammo imkon boricha bunga urg‘u bermaslikka harakat qilaman. “Hisob hozircha shunday” deyman, lekin kimning foydasiga ekanligini aytmayman. Nihoyat,navbatdagi gol ham urilganidan so‘ng, “farg‘onaliklar uchinchi golni ham mezbonlar darvozasiga yo‘llashdi” dedim. Bunday holatlar ko‘p bo‘lgan.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Radio-televideniyeda ishlamayotganimga 20 yil chamasi bo‘ldi, lekin muxlislar hali-hamon ovozimdan taniydi. Yaqinda Chorsu bozoridan qaytayotsam, bir kishi ortidan kelib, “Zokirjon Yigitaliyev bo‘lasizmi, adashmadimmi?” deb so‘radi. “Ha, xuddi o‘zlari” dedim. “Sizga rahmat, futbolni ham, sizni ham muxlisingiz edik, sharhlaringizni maza qilib tinglardik” deb minnatdorlik bildirdi. Boshim osmonga yetdi bunday e’tibor va e’tirofdan. Ham jurnalistikaning ortidan, ham gulchilik tufayli odamlardan rahmat eshityapman, shunga yetkazganiga shukr.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    31.10.2023, 23:18   Izoh (0)   9916
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afrikada toza ichimlik suvi chiqarishga yordam bergan o‘zbekistonlik ayol (video) 

    31.10.2023, 22:55

    Fransiya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

    31.10.2023, 22:33

    Endilikda zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan O‘zbekistondan olib chiqish mumkin bo‘ldi

    31.10.2023, 21:05

    O‘zbekiston fuqarolari uchun Xitoyga viza olish tartibi soddalashtirilishi mumkin

    31.10.2023, 20:40

    Prezident ishonch bildirgan Zoir Aliqulov Qarshi tumanidagi istirohat bog‘i va bozor yangilanishini ma’lum qildi 

    31.10.2023, 20:35

    Lonely Planet 2024-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar top-10 taligiga O‘zbekistonni ham kiritdi

    31.10.2023, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.