O‘zbekistonlik ayol Afrikada toza ichimlik suvi chiqarishga homiylik qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning bir guruh afrikaliklar qurshovida o‘tirgani, ularning ayrimlari ayol uchun raqsga tushib berayotgani aks etgan video ommalashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yashovchi Dilbar Alimxo‘jayeva “Temir ota” oshxonasi rahbari sifatida mashhur. Biznesini bozorda manti sotishdan boshlagan ayol hozirda yirik tadbirkorlardan biri. U mehmonxona, oshxona va to‘yxonalar bo‘yicha o‘z biznesiga asos soldi.
YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, Afrika davlatlaridagi 190 million nafar bolaning hayoti va sog‘lig‘i toza suv yetishmasligi sabab xavf ostida. Benin, Burkina-Faso, Kamerun, Chad, Kot-d’Ivuar, Gvineya, Mali, Niger, Nigeriya va Somalidagi bolalarda bu ayniqsa yuqori.
Yuqoridagi mamlakatlardagi bolalarning deyarli uchdan birining uyida suv yo‘q, uchdan ikki qismi asosiy sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Har to‘rt bolaning biri esa oddiy hojatxonalar ham bo‘lmagan sharoitda yashaydi. Ularning aksariyat qismida hatto qo‘llarni sovunlab yuvish imkoni ham yo‘q.
Afrikada toza ichimlik suvi chiqarishga yordam bergani aytilayotgan ayol aynan qaysi davlatda buni amalga oshirganini aniqlashning hozircha imkoni bo‘lmadi.
Izoh (0)