Bugun, 30-oktyabr kuni Prezident administratsiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Asilbek Xudayarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Gayane Umerova administratsiyaning Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Jobir Azimov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)