Minus haroratda elektromobildan foydalanishdan oldin uni qizdirib harakatlanish batareyaga yuklama tushmasligiga yordam beradi. Bu haqda texnika fanlari bo‘ycha falsafa doktori Fikret Umerov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Fikret Umerovning maʼlum qilishicha, minus haroratda turgan elektromobilni qizdirib turish vaqti mashinaning texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha bo‘ladi.
“O‘zimizni sinovimizdan o‘tgan elektromobilni yetarli haroratga chiqishi uchun batareyani 10 daqiqacha qizdirish kerak, degan fikrga keldik. Qizdirmasdan ham yurish mumkin, lekin bunda batareya zo‘riqib ishlaydi. Agar elektromobil yopiq joyda turgan bo‘lsa, harakatlanishdan avval qizdirish shart emas”, — dedi mutaxassis.
Uning qo‘shimcha qilishicha, harorat plus 10-15 gradus bo‘lsa va elektromobilni 10-15 daqiqa quvvatlagichga qo‘ygan bo‘lsak, qizdirmasdan harakatlanish mumkin.
“Pechkani yoqqan vaqtda, salon va batareya qiziydi. Sirkulatsiya bo‘lgan vaqtda ten va chillerlar suyuqlikni haydagan holatda qizdirib beradi. Bunda akkumulyator o‘rtasidagi qutichalar yurgan holatda suyuqlik batareya qutichalarini qizdiradi. Elektrolit qizib olganidan keyin, mashina aktiv holatga keladi”, — dedi Fikret Umerov.
Avvalroq elektromobil qanday holatda yonishi va portlashi haqida tushuntirish berilgan edi.
Izoh (0)