• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zingizga ham, echkiemarga ham rahm qiling — tekshiring

    Telegramdagi “Qarindoshlar” guruhiga 10 soniyalik video tashaldi. Ochdim. Tibbiy niqob taqqan oq xalatli “med” tiktoker “oshqozonga zarar bermaydigan” og‘riq qoldiruvchi allambalo: nayzilat, meloksikam va hokazo nomli tabletkalarni tavsiya qilyapti. Albatta, bu maʼlumotni qarindosh “jigarlarimga yaxshi bo‘lsin”, degan ezgu maqsadda ulashyapti.

    Faqat, o‘sha video ostidagi izohlarni o‘qib ko‘rmagan. Masalan, bittasi yozyapti: “shu videoni ko‘rgan kunimga la’nat o‘qiyman, bittasini ichib oyog‘im stolbaday qotib qoldi...”. 

    Boshqa misol. Yaqinda katta auditoriyali Telegram kanallarda “Andijonda saxar kasalini operatsiya yo‘li bilan 1 kunda davolab qo‘yishyapti ekan” ko‘rsavod  sarlavhali reklama aylandi. Ikki daqiqadan sal ko‘proq davom etadigan videorolikda mamlakatning ko‘zga ko‘ringan jurnalistlaridan biri oq xalatni yelkasiga ilib, kasallikdan “birdaniga 95-100 foiz shifo topgan” bemorlardan intervyu olgan. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda qo‘rqinchli xabarlar tarqaldi: “operatsiya qildirgan 10 ta bemordan  8 tasi o‘lib qolyapti ekan, tirik qolgani xam chalajon ekan...” Dahshat. 

     
    Foto: Google Images

    Keyin qashqadaryolik erkak “infarktga davo” deb Qizil kitobga kiritilgan 18 ta echkemarni tutib yegani haqida eshitgandirsiz. Katta ehtimol bilan bechora jonivorlar ham ijtimoiy tarmoqlardagi “mehribon maslahatgo‘ylar” kasriga qolgan.  

    Xavotirli tendensiya

    Hozir shunday davrki, odamlar “tirik” shifokor ko‘rigidan o‘tish o‘rniga, internetdan dardiga darmon qidiradi. Deylik, Health Works Collective  jamiyati saytida joylashtirilgan maqolada qayd etilishicha, 2020-yilda AQSHda o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirokchilarning faqat 32,4 foizi mutaxassislarga murojaat qilishi (offlayn), aksincha 36,4 foizi Google’dan, 47,6 foizi esa ijtimoiy tarmoqlardan shifo izlashini (onlayn) ma’lum qilgan.

    Raqamlarda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ammo ayni tendensiya, ayniqsa kovid balosidan keyin nafaqat okean orti mamlakati, balki butun dunyoda kuzatilyapti. Med-bloging, farm-bloging ommalashishi — sohaning yetuk mutaxassislari turli platformalarda kanal/sahifa ochib, ilmiy asoslangan tavsiyalar berib borishi yomon emasdir, ammo... 

    Tadqiqotlar ayni paytda tibbiy kontentda rostdan ko‘ra uydirmaning ulushi ko‘pligini ko‘rsatyapti. Xususan, AQSHning GoodRx Health tibbiyot portali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 70 foizdan ziyod amerikalik hech bo‘lmaganda bir marotaba tibbiyot dezinformatsiyasidan aziyat chekkani, yolg‘onning 82 foizi ijtimoiy tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.

    Buning asosiy sababi shuki, ijtimoiy tarmoqlar bemorlar emas, pul dardida yashaydigan soxta tabiblar, uquvsiz seksolog, kosmetolog, psixolog, diyetolog va hokazolar uchun mo‘may daromad manbaiga aylanyapti. Og‘ziga tuflatib ham davolanish mumkinligiga ishonadigan toifalar esa tabiiyki, ularning biznes imperiyasini gullatib-yashnatyapti. 
      
    Kim qanday kurashyapti?

    Ayollarning labidan tortib boshqa ko‘rimli-ko‘rimsiz a’zolarini chiqarish, tortish, kesish, shishirish xizmatini taklif etayotgan reklamalar, mijozning u yoki bu yeriga “ishlov berilayotgani” aks etgan (ko‘ngilni xira qiluvchi) tijoriy tasvirlar juda ko‘paydi. Ayniqsa, TikTok va Instagram’da. Kim haqiqatan faoliyat yuritishi uchun tegishli litsenziyaga ega malakali kosmetolog, kim psevdokosmetolog — bilish mushkul. 

    Noprofessional, uquvsiz kosmetik xirurgiya natijasida jabrlanganlar soni dunyo bo‘ylab oshib borayotganidan bo‘lsa kerak, endilikda ushbu sohani internetda tashviqot qilish taqiqlandi. Bizda emas, Fransiyada. 2023-yil yozida qabul qilingan qonun bilan, shuningdek, blogerlarning faqat ruxsat berilgan tibbiy mahsulotlarni reklama qilishi mumkin bo‘ldi. Qonunga bo‘ysunmaganlar 300 ming yevro to‘laydi yoki qamaladi.

    AQSHda shifokor yoki tibbiy motivatorlar, ularning sertifikat, litsenziya va boshqa maqomlari haqidagi ma’lumotlar AQSH davlat tibbiy kengashi (State Medical Boards)ning “www.docinfo.org” saytida joylashtiriladi. Ushbu portal orqali fuqaro ijtimoiy tarmoqda salomatlikka doir tavsiyalar berayotgan tibbiyot xodimi haqidagi axborot bilan mustaqil ravishda tanishish imkoniyatiga ega.

    Bundan tashqari, internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarda tavsiya etilayotgan dori vositalari hamda boshqa tibbiy mahsulotlar ishonchli yoki aksincha ekanini Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (Centers for Disease Control and Prevention) hamda Oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlarini nazorat qilish boshqarmasi (Food and Drug Administration) rasmiy saytlarida joylashtirilgan ro‘yxat orqali mustaqil tekshirishi mumkin.

    Buyuk Britaniya qirolligida tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan vrachlar reyestri Bosh tibbiy davlat kengashi (General Medical Council – GMC) tomonidan yuritiladi. Mazkur tuzilmaning asosiy faoliyati litsenziyaga ega tibbiy mutaxassislar reyestrini shakllantirish – ular faoliyatini kuzatish, ularni reyestrga qo‘shish yoki chiqarishdan iborat. Ya’ni foydalanuvchilar tarmoqda o‘z xizmati yoki qandaydir mahsulotni reklama qilayotgan med-bloger haqidagi ma’lumotlarni bemalol reyestrdan tekshira oladi. Unda yo‘qmi, demak shubhali! 

    Avstraliyada inflyuyenserlar dori yoki tibbiyot vositalarini reklama qilayotganda iste’molchilarga mahsulotni klinik tekshiruv hamda vrach ko‘rsatmasi asosida qabul qilishi haqida eslatma berishi, postlarini “#Ad” xeshtegi yoki “manfaatli hamkorlik”  so‘zlari bilan joylashtirishi zarur. Bundan tashqari mamlakatda Davolovchi vositalar davlat reyestri  (Australian Register of Therapeutic Goods – ARTG) tashkil etilgan bo‘lib, unda Avstraliya hududida realizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan dori vositalari haqida to‘liq ma’lumotlar aks etadi. 

    Hindistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi med-blogerlar o‘z ijtimoiy tarmoq sahifalarida vrachlik malakasini tasdiqlovchi axborotni (tegishli sertifikat) joylashtirishi shart qilib qo‘yilgan. 
     
    ***
    Xulosa shuki, tibbiyot sohasidagi islohotlar, qoidalar nafaqat real, balki virtual hayotda ham aks etishi, med-bloging, farm-bloging kabi zamonaviy, ayni paytda salomatlik uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan fenomenlar o‘rganilishi va tartibga solinishi, o‘z navbatida odamlarda tibbiy kontentdan foydalanish madaniyatini targ‘ib qilish lozim. Bu eng avvalo o‘zimiz uchun muhim.

    Dilshod Nurulloh

    26.10.2023, 21:25   Izoh (0)   15243
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Endi nafaqa tayinlashga mahalla aralasha olmaydi: Ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda inson omili yo‘qqa chiqarilmoqda

    26.10.2023, 21:15

    Akrom Sulaymonov Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    26.10.2023, 20:40

    Xorazmda 4 kunlik firmaning tenderda 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yutgani bilan bog‘liq tanlov savdosi bekor qilinishi mumkin 

    26.10.2023, 20:20

    Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun masʼullarga 57 ta topshiriq bergani maʼlum bo‘ldi

    26.10.2023, 19:12

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron noyabr oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    26.10.2023, 18:51

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi bilan uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

    26.10.2023, 18:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.