Bugun, 26-oktyabr kuni xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Sulaymonov Akrom Isomiddinovich nomzodini Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
![](/static/2023/Akrom2.jpg)
Akrom Sulaymonov tayinlovga qadar Shahrisabz shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Dehqonobod tumani hokimi sifatida faoliyat yuritayotgan Zoir Aliqulov Qarshi tumani rahbari sifatida ish boshlagani xabar qilingandi.
Izoh (0)