Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) deputati Mirlan Samiykojo respublika bayrog‘ini o‘zgartirish tashabbusiga qarshi chiqdi. U qonun chiqaruvchi organ yig‘ilishida o‘z pozitsiyasini bildirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston jamoatchiligi respublika bayrog‘ining o‘zgarishiga qarshi.
“Boshqa ish bilan shug‘ullanaylik. Kelinglar, bayroqqa tegmaylik. 30 yildan beri yashab kelayotgan davlat ramzida quyosh nurlari bor. Olov, alanga alomatlari. Agar kungaboqar deb qaralayotgan quyoshni nurlarini to‘g‘ri qilib o‘zgartirsak, u dulavratotuga (o‘simlik turi) aylanadi. Bo‘yingacha muhimroq ishlar turganida bayroq bilan shug‘ullansak, xalq bizni kechirmaydi”, — dedi deputat.
Mirlan Samiykojo davlat ramzi qachon qabul qilingani va bu nimani anglatishini minbardan turib aytishga tayyorligini bildirdi. Bunga javoban spiker Nurlanbek Shakiyev yaqinda bayroq mualliflari bilan uchrashganini esladi.
“Hatto ular ham hozirda davlat ramzini tanimayotganliklarini aytmoqda. U hozirgidek emas. Siz qirg‘izcha elementlarni yaxshi bilasiz. Hammasi boshqacha ko‘rinishda. Biz uni asl ko‘rinishga qaytarmoqchimiz. Hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi”, — dedi Shakiyev.
Biroq deputat Samiykojoni mazkur javob qanoatlantirmadi.
“Kim quyosh nurlari kungaboqarga o‘xshaydi desa, o‘zi ham kungaboqar. Boshqalar aytganini qiladiganlar ham shunday”, — dedi u.
Avvalroq Qirg‘izistonda bayroqdagi quyosh nurlarining shaklini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Jogorku Kenesh muhokamasiga qo‘yilgandi. Tashabbuskorlar spiker Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov bo‘lgan. Ular quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lganidan kungaboqar guliga o‘xshab qolganini aytgan.
Izoh (0)