• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Shu tariqa boy berilgan jannatni qo‘lga kiritishga urinishi o‘rnini undan butunlay yuz o‘girish egallab qo‘ya qoladi...” — “Mashenka” romani haqida

    O‘qish davomiyligi: 5-6 daqiqa

    Ko‘pchilik Nabokovni “Lolita”si orqali taniydi. Ammo uning insonning umumog‘riqlari va tushunarsiz, biroq tanish hissiyotlar bilan to‘yingan boshqa ko‘plab asarlari ham borki, “Lolita”dan o‘tsa o‘tadi, sira qolishmaydi. Dastlab ko‘pchilik qatori men ham “Lolita”ni ko‘rganimda, nima balo, yozuvchi aqldan ozganmi, bu jirkanch sujetning nimasi zo‘r ekanki, hamma og‘zi to‘lib maqtaydi, deb o‘ylagan edim. Hali ona suti og‘zidan ketmagan yosh qizaloqni qarib quyilmagan yozuvchi telbalarcha sevib qolishi va ikkisining o‘rtasidagi samimiy deb qabul qilingan, biroq og‘ir botadigan o‘tli muhabbat sahnalarini hozir o‘zimizda efirga ketayotgan “Opam onam ekan”, “Akam dadam bo‘lib chiqdi”, “Uch sinfdosh bir qizni zo‘rladi” nomli seriallardan ko‘mib tashlangan saviya borasida qolishmaydi deb hisoblardim — adashgan ekanman. Bugun adashganimni uning “Lolita”sida emas, balki boshqa, ilk romani “Mashenka” misolida ko‘rib chiqamiz.

    Foto: “AbeBooks”

    “Quyoshni nimadir to‘sib qo‘ydi va osmonning bir qismi titrab ketdi…”

    Tanqidchilar Nabokov ijodiga xos tilning o‘xshatishlarga boyligi va go‘zalligini e’tirof etgan holda ilg‘or rus adabiyotiga xos insonparvarlik g‘oyalari yetishmasligini aytib tanqid qilishadi. Shu bilan birga, uning ijodida xalq mavzusi, rus qishlog‘i ruhi yo‘qligini ham pisanda qilishadi. Ayni shu sababli mumtoz rus adabiyoti an’analari ruhida tarbiya topgan Nabokovni tom ma’nodagi milliy yozuvchi sifatida tan olishdan bosh tortishadi. Albatta, Nabokov rus va ingliz adabiyoti an’analari ruhida tarbiyalanib, shu ikki adabiyotning ilg‘or tamoyillarini uyg‘unlashtira olgan yirik iste’dod sohibi hisoblanadi. Nabokov yashab ijod qilgan yillarda olamshumul tarixiy voqealar ro‘y beradi, ana shunday dolg‘ali davrda har bir ijodkor o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, ular haqida bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita fikr-mulohazalarini bildirishga intiladi. Ayni pallada Nabokov voqea-hodisalardan shunchaki nusxa ko‘chiruvchi bo‘lib qolmasdan, balki tafakkur va tasavvurning g‘aroyib o‘yinlarini badiiy ijodning asosiy fazilati deb e’tirof etadi. Shu bois o‘n to‘qqizinchi asr rus adabiyotiga xos izhori dil qilish, tavba-tazarru, haqiqatparvarlik, adolatparvarlikka ochiqdan ochiq, inqilobchilarga doir qiliq bilan baralla da’vat etishlarga uning asarlarida duch kelmaymiz.

    Nabokovning e’tirof etishicha, voqelikni to‘la qamrab olishning imkoni yo‘q. Lekin badiiy til, ijod tili hatto marhumlarga jon bag‘ishlab, aksincha tiriklarni jonsiz qo‘g‘irchoqlarga aylantira oladigan qudratga ega. Adib voqelikni o‘ziga xos ijodiy idrok etishga odatlanadi. Xo‘jayin oqsochlari kuchugini sayr etgani olib chiqdi, deya omma e’tirof etgan bir paytda, Nabokov xo‘jayin emas, aksincha, kuchugi xo‘jayinini sayr etgani yetaklab chiqdi, deb yozadi. Yoxud aslida yukchilar mashinadan ko‘zguli shkafni tushirayotgan bo‘ladilar. “Hadya” romanining qahramoni Godunov esa butunlay boshqacha manzarani tasvirlaydi: “…mashinadan to‘rtburchak tiniq osmonning bir bo‘lagini tushirishar ekan, beg‘ubor shox-shabbalar zangori ekrandagiday unda aks etadi”.

    “Qatlgohga taklif” romanida ham shunday tasvirga duch kelish mumkin: “yorug‘lik xira tortganday bo‘ldi, — quyoshni nimadir to‘sib qo‘ydi va osmonning bir qismi titrab ketdi” (358-bet). “Chelaklarni taraqlatib, qipiq tashir ekanlar Sinsinnat eshik kesakisiga behol suyandi, biroq uning bijir-bijir titrayotganini sezib… o‘zini nari oldi”. Holbuki o‘limi oldidan Sinsinnatning o‘zi titrayotgan edi. Yoki “Hadya” romanida “…tong onasidan maktub keltirdi” degan nasrga xos bo‘lmagan jonlantirishga duch kelamiz. Nabokovning yozuvchi sifatida o‘ziga xosligi, ta’bir joiz bo‘lsa, benazir fazilati voqelikni, dunyoni, insonlarni butunlay bo‘lakcha tarzda idrok etishidadir. U ko‘pchilikning, ommaning nigohi bilan qarash, shu tarzda voqelikka yondashishni qabul qila olmasdi. Uning dastlabki ijodida I.Bunin nasrining ta’siri seziladi. Nabokov qalamga olgan mavzular, birinchi shaxs tilidan yozilgan hikoyalarning lirik kayfiyati beixtiyor Bunin asarlarini esga soladi.

    Foto: “Goodreads”

    “Mashenka”

    Nabokovning dastlabki “Mashenka” romani ham Bunin ijodiga xos lirik-psixologik nasr tamoyillariga asoslanganday taassurot qoldiradi. Adib bu asarida birinchi muhabbatini ham, bolalik va o‘smirlik taassurotlarini ham, Vira manzaralari-yu, qishki Peterburg ko‘rinishlarini ham, qolaversa, Berlin pansionlarining qiyofasini ham tilga oladi. Roman voqealari Berlin pansionlaridan birida bo‘lib o‘tadi.

    Bu asarda Chexov va Turgenev asarlarida uchraydigan risoladagiday oyimqiz obrazini (Klara) uchratish mumkin, pansionda yashovchilar — keksa shoir Podtyagin, bir juft raqqos, frau Dorn o‘ziga xos muhabbat muhitini yaratishadi.

    Uch tomonlama muhabbat muhitini esa iste’fodagi matematika muallimi Alferov, oq armiyaning sobiq ofitseri Ganin va romanda bavosita ishtirok etuvchi Alferovning xotini Mashenka tashkil etib, u Ganinning birinchi muhabbati bo‘ladi.

    Nabokovning nasri kelgusida qay yo‘sin kamol topishini mana shu roman misolida ham aytib bersa bo‘lardi. Kitobxonning umri kutish bilan o‘tadi. Butun asar davomida Mashenkani kutish tasvirlanadi. Uning kelishini eri — Alferov singari Ganin ham, shuningdek, pansionda yashovchilarning hammasi intizorlik bilan kutishadi.

    Adib voqealarni rang-barang qilish uchun turli badiiy hiylalar ishlatadi: Podtyagin pasportini yo‘qotib qo‘yadi (voqea cho‘ziladi), Alferov vokzalga kechikib borishi uchun Ganin soat millarini orqaga surib qo‘yadi. Oxir-oqibat Mashenka bilan navbatdagi uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayotgan Ganin poyezd kelishiga yarim soat qolganida niyatini kutilmaganda o‘zgartirib, boshqa vokzalga jo‘nab ketadi. Rossiyaga muhabbat Nabokovning mana shu ilk yirik asarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

    Beg‘ubor derazadan ko‘zga tashlangan ko‘shk; Orejadagi shamol tegirmon Rossiyasini muttasil esga soladi; Berlin osmoni bo‘ylab yelday suzib o‘tayotgan bulutlar ham ona yurtni yodga soladi. Bulardan qat’i nazar, Rossiyaning halokatga yuz tutgani to‘g‘risidagi fikr Nabokov asarlarida qayta-qayta uchraydi. Bu yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan Podtyaginga ham, qismati unikidan ham fojialiroq Ganin va Klaraga ham yaxshi ma’lum. Xullas, muhojirlikda kun kechirayotganlarning qismati hamisha fojiali bo‘lgan. Biroq Vatandan yiroqda, faqat uning fikr-u zikri bilan yashash Ganinning asabini butunlay ishdan chiqaradi. Holbuki Rossiya uning uchun yagona najot bo‘lib qolgandi.

    Qolaversa, “Mashenka” siymosida aynan nima nazarda tutilgani ham ma’lum. Nabokov vatan hajrida, uning dard-u hasrati bilan yashar ekan, undan butunlay umidini uzmagandi.

    Foto: The Conversation

    “Boy berilgan jannat”

    “Mashenka” romanida Gofman, Rozanov, Gogol, Mejerovskiy va boshqalar ijodiga xos uslub nazarga tashlanadi. Xuddi shunday V. Nabokovda ham mavjud hayot, voqelik emas, balki xotiralar dunyosi salmoqli ahamiyat kasb etadi. Mashenkaning hayotligidan xabar topgan Ganin uni bir bora ko‘rish ishtiyoqida lov-lov yonadi, kuyinadi. Mashenka bilan bog‘liq xotiralar, buvasining xiyobonlari to‘g‘risidagi esdaliklar, yuragidan toabad joy olgan vatan manzaralari Berlinning soya-salqin guzarlarida kechayotgan hayotidan salmoqliroq, ahamiyatliroq bo‘lib tuyuladi.

    Afsuski, muallif Alferov timsoliga ko‘proq qora bo‘yoq chaplash maqsadida Ganinni imkon qadar ijobiy qahramon sifatida ko‘rsatishga urinayotgani fosh bo‘lib qoladi. Taassufki, bu ruhiy bahona — sabablarsiz ro‘y beradi.

    Bu asarda “boy berilgan jannatni qaytarishga” urinishga ilk bora duch kelamiz — bu Lyudmiladan voz kechib, Mashenkani o‘g‘irlash niyatida ko‘zga tashlanadi. Biroq oxir-oqibat Ganin Mashenkadan (jannatdan, vatandan) voz kechadi: “Xotiralari uning me’dasiga tegib bo‘ladi, Mashenka timsoli allaqachon xotiraga aylanib bo‘lgan soyalar ostida qolib ketadi. Va bu timsoldan o‘zga, boshqa Mashenka bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas”.

    Shu tariqa boy berilgan jannatni qo‘lga kiritishga urinishi o‘rnini undan butunlay yuz o‘girish egallab qo‘ya qoladi.

    Xodasevichning ta’riflashicha, Nabokov “Lujin hikoyasi” romanida iqtidorini to‘la-to‘kis namoyon etadi. Agar biz “Mashenka” romanida Nabokov nasrining izhori dilga jihati bilan tanishsak, “Lujin himoyasi” romanida ijod va ijodkor shaxsi bilan bog‘liq muammolarga duch kelamiz. “Ijodkorning hayoti va uning tasavvuridagi hayot — Nabokov ijodiga xos mavzu hisoblanadi. Bu muammolar adibning deyarli barcha asarlarida uchraydi, “Lujin himoyasi” romanidan boshlab esa birmuncha cheklangan, kasbiy xususiyat kasb etadi. Nabokov ijodkorning fojiasini teran tasvirlar ekan, uni bevosita aks ettirmaydi, balki shaxmatchi, tijoratchi va boshqa kasb-hunar egalari siymosida gavdalantiradi.

    Nabokov barcha asarlarida o‘z e’tiqodiga sodiq qoladi: voqelikdan shunchaki ko‘chirma olmasdan, ijod qilib, yangidan yaratadi. Uning bu nuqtayi nazari O.Uayldning fikrlarini ko‘p jihatdan esga soladi: “Bironta ham buyuk ijodkor voqealarni asil holatida qabul qilmaydi, yaratgan asarlari esa dunyoqarashining qanchalar teranligiga mos ravishda qadrlanadi”. Lekin Nabokov tevarak-atrofidagi dunyoga yaqin salaflaridan farqli ravishda yondashadi.

    Nabokov xilma-xil fe’l-atvorlarni tasvirlaganida ham mana shunday xolisona yo‘l tutadi. Tubanlik darajasi biron-bir qahramonga baho berishda hal qiluvchi mezon vazifasini o‘taydi. Nabokovning e’tirof etishicha, Go‘zallik, Muhabbat, Tabiat, Haqiqat singari buyuk so‘zlarni biron-bir tuban kimsa tilga olar ekan, ikki dunyoda ham jirkanch basharasini niqoblay olmaydi. U nimalarni tilga olmasin, oliyjanob ko‘rinishga har qancha urinmasin, hamma-hammasi soxta bo‘lib chiqaveradi. Ayni pallada chinakam samimiylik, beg‘arazlik, xolislik har qanday bema’nilikdan xoli bo‘ladi.

    Azizbek Yusupov

    17.10.2023, 23:20   Izoh (0)   24457
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odam bolasining og‘ir qismatiga, Yer yuzidagi zulm va adolatsizliklarga qarshi chinakam isyon “Zanjirband Prometey” tragediyasi haqida

    07.09.2023, 07:20

    “Edip kabi bizning ichimizda ham axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bir kuni ular portlaydi…” — “Shoh Edip” asari haqida

    14.09.2023, 22:25

    “Bu kitobda insonning aql yetmaydigan abadiy sir ekanligi to‘g‘risida yozilgan…”  — “Qatlga taklif” romani haqida

    04.10.2023, 23:30

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida 

    28.09.2023, 23:40

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    26.09.2023, 23:00

    “Odamlar doimo eng yaxshi ko‘rgan narsalarini vayron qiladi…” — “Alkimyogar” asari haqida

    20.09.2023, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.