• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Bu kitobda insonning aql yetmaydigan abadiy sir ekanligi to‘g‘risida yozilgan…” — “Qatlga taklif” romani haqida

    O‘qish davomiyligi: 7-8 daqiqa

    Noayonlik hissi

    Taniqli tanqidchilar Nabokov asarlari tilining “tiniq obrazliligi”, “shiddatliligi”, “quruqligi”, “g‘aroyib darajada keskinligi”ni ta’kidlashadi. Tasvirlarning mahorat bilan yaratilganiga, ularning ma’nodorligiga, rangliligiga alohida e’tibor berishadi.

    Ayni paytda xos kitobxon yoki o‘zini osmondan tushgan o‘tkir munaqqid hisoblaydiganlar Nabokovga xilma-xil ayblar ham qo‘yishadi. Bular:

    • Nabokov ijodining insonparvarlik an’analaridan uzilib qolgani;
    • Yozuvchilik mahoratini behuda namoyish qilishi;
    • Yozuvchi maqsadining mavhum, tasvirlayotgan voqea-hodisalarga aniq munosabatining mavjud emasligidan iborat.

    Bitsilli o‘zining maqolasida quyidagi nuqtai nazarni bayon etadi:

    Nabokov ijodining hukmron g‘oyasi ekzistensial qo‘rquv, noayonlik hissi, hayotning ma’nosizligini tuyishdir. Sintsinnatni qo‘rquv hissi qamrab olgan, u o‘zi bilgan narsalarning barisi ortida turgan nimanidir g‘ira-shira ilg‘aydi.

    Bitsilli fikricha, roman insonning aql yetmaydigan abadiy sir ekanligi haqidagi mavzuga majoz tarzida yaratilgan. Binobarin, Sintsinnat xarakter emas, g‘oyalar uyg‘unligi, majoziy shaxs, abadiy insoniy xislatlar hosilasidir.

    Foto: “Britannica”

    Sintsinnat olami

    Endi bevosita asarning o‘ziga murojaat qilaylik. Romanning bosh qahramoni Sintsinnatga o‘lim jazosi berishadi. Biz uni o‘limini kutayotgan bir vaqtda uchratamiz. Asarda olam baxtsiz, g‘amguzor qahramon idroki orqali ko‘rsatilib, parchalangan ongga xos qiyshiq ko‘zguda aks ettiriladi. Shu tufayli mazkur olam soxta, ma’nosiz, to‘pori olamdir. Unda amalga oshirilgan har qanday ish, harakat jirkanch bir maynavozchilikdir.

    Nabokov asariga Sintsinnatning daftarini kiritadi. Unda qahramon o‘zi erishmoqchi bo‘lgan ozodlik haqidagi fikrlarini yozgan: kunlardan bir kun “uyg‘onib”, yanada aslroq boshqa bir olamda bo‘lib qolish haqidagi orzusini bayon etgan. Ko‘rib turganimizdek, adib ijtimoiy tabaqalanishlarni estetik tabaqalanishlarga bo‘ysundirib tasvirlayotgan olamining aslligiga shubha bilan qaraydi: “U yerda inson nazari betakror aql-zakovat ila nur sochib turadi, u yerda bu dunyodagi jafokash g‘aroyib insonlar erkinlikda sayr qilib yurishadi, u yerda vaqt istakka bo‘ysunadi… U yerda hamma narsa maftunkor ravshanligi, yaxshiliklar mo‘lligi bilan hayratga soladi, u yerda hamma narsa bolalar qadrlaydigan maroqli o‘yinlar kabidir, u yerda shunday bir ko‘zgu nur taratib turadiki, undan ba’zida bu yoqqa quyon bolasi sakrab o‘tib qoladi”.

    “U yerda” — ikkinchi bir voqelik timsolidirki, u faqat san’atdagina yaratiladi, bu esa ijtimoiylikning estetikaga bo‘ysunishidan dalolat beradi. Ayni vaqtda qahramon soxta voqelikka juda bog‘lanib qolgan, “Olamning haqiqiy o‘lchovini” anglab olish uchun to‘siq bo‘lgan o‘limdan g‘oyat qo‘rqadi. U qamoqda yozgan fikrlar o‘ziga achinish, qo‘rquv, “Tamara bog‘larini” sog‘inish hissi bilan sug‘orilgan.

    Foto: IMDb

    Mangu spiral

    Asarda fikrimizcha, taqdir, qismat bosh mavzudir, bular esa inson hayotini boshqarib turadi. Shunga ko‘ra taqdir hukmi bilan unga qarshi kurashuvchi va halok bo‘luvchi inson o‘rtasidagi to‘qnashuv asar qurilmasini tashkil qiladi.

    Sintsinnatning butun kuch-g‘ayrati taqdirni bir iloj qilib o‘zgacha hal etishga qaratilgan. Sintsinnat qamoqdan qutulib chiqish topguniga qadar, u jussasi kichik va zaif bo‘lib qolaveradi (hatto poyabzali shunchalik mo‘jaz ediki, Marfinkaga ham torlik qilardi, o‘zi esa shunchalik mitti ediki, tog‘oraga bemalol sig‘ardi), atrofidagi hamma narsa ko‘ziga katta va kuchli bo‘lib ko‘rinadi. U aylana chiziq bo‘ylab adashib yurishga mahkum edi (hatto u turmadan “qochganda” ham direktorning xonasi oldidan chiqib qoladi). Xayol bilan voqelikning qo‘shilishiga quyidagi parcha misol bo‘la oladi: “Ulkan qo‘rg‘onni ortda qoldirib… Sintsinnat shaharga kirib keladi. Ifor islar dimog‘ga urilib, Tamara boshlarining yaqinligidan dalolat berdi… Sintsinnat zinaga yugurib chiqdi, eshikni itardi va o‘zining yorug‘ qamoqxonasiga kirdi. Orqasiga o‘girildi, ammo eshik zich yopib qo‘yilgan edi”.

    Afsuski, ozodlik uchun kurashdagi har bir zohiriy yutuq yanada kattaroq mag‘lubiyat bilan tugaydi: Sintsinnat o‘z qamoqxonasi atrofida qanchalik aylanmasin (aytmoqchi, unga hech kim xalaqit bermaydi), undan tashqarida qo‘ygan har bir qadami muqarrar ravishda yana o‘sha qamoqxonaga olib boradi, ya’ni har gal u boshlang‘ich nuqtaga qaytib kelaveradi. Faqat qatl oldidagi so‘nggi daqiqada “ichidagi inson” qo‘qqisdan “turma”dan ozodlikka chiqish qo‘lidan kelmasligini tushunib qoladi; shu ondayoq atrofidagi olam abadiy ko‘lam kasb etadi: atrofdagi narsalar ko‘p marta qisqarib, o‘zi esa qo‘rquvdan xalos bo‘ladi va “ovozlariga qaraganda o‘zi kabi mavjudotlar turgan tomonga” yo‘l oladi.

    Nihoyat roman yakunida aylana chiziqqa jon kirib, spiral shaklini oladi, spiral esa yana, yangi bir o‘ramda bizni san’atdan voqelikka qaytaradi.

    Foto: Britannica

    “Hayot uyqu demakdir…”

    Tabiiy ravishda romanda hayot uyqu demakdir, degan mavzu ham paydo bo‘ladi. Mazkur mavzuni yoritish uchun yozuvchi tush ko‘rish shaklidan foydalanadi, “Men ko‘rgan tushlarda dunyo ma’naviy jihatdan yuksak, ruhan ancha baland edi…”

    Nabokov bu o‘rinda tush ko‘rishning muhim xususiyatini ta’kidlaydi, ya’ni tushda irodaga o‘rin yo‘q. Sintsinnat voqealarni o‘z irodasiga bo‘ysundira olmaydi (taqdir, qismat, hayot — uyqudir, degan mavzular bir-biri bilan qo‘shilib ketadi). Sintsinnat “Biroq o‘zgalar yordamisiz uyg‘ona olmayman, bunday yordamdan esa o‘lguday qo‘rqaman”, deydi.

    Adabiyotdan ma’lumki, taqdir, tutqun inson, qamoqxonaga o‘xshash dunyo kabi mavzular aytarlik yangilik emas (ular Bodler, Lermontov, Kamyu, Dostoyevskiy, Soljenitsin va boshqalarning asarlarida ko‘p uchraydi). Ya’ni u mavzular ko‘p marta turlicha tasvirlarda yoritiladi, lekin Nabokovniki kabi alohida mavzuga aylanmagan va bu qadar mohirlik bilan ishlanmagan. O‘z navbatida mazkur g‘oyani ishlashda ham Nabokov izchil. Yozuvchining fikricha, hayot uyqu demakdir, uyqu esa o‘limning tug‘ishgan birodari. Nabokov shu yo‘nalishda oxirigacha boradi. Shuning uchun ham roman ikki xil ma’no kasb etib tugaydiki, asar nihoyasida qatl maydonchasida uchta Illatdan biri o‘z qo‘llarida Sintsinnatni emas, “jajji jallod”ni urug‘cha yanglig‘ ko‘tarib uchadi.

    Foto: “The NewYorker”

    “Hech narsa haqida bo‘lmagan kitob yozishni istardim…”

    Nabokov o‘z o‘limini kutayotgan kishining “ahvoli” bilan hech narsani kutmayotgan boshqa qahramonlarning holatlari orasidagi qarama-qarshilikni tasvirlaydi. Qamoqxona eshigi ochiladi. Sintsinnat, meni qatl qilish uchun olib ketgani kelishdi, deb o‘ylaydi, ammo birdan oqlovchi kirib keladi va “Ilmatugmamni yo‘qotib qo‘ydim”, deydi. Sintsinnat yengilgina ingrab yana o‘rniga yotadi.

    Doimiy qo‘rquv, ezilish holatida kun kechirgan Sintsinnat emas, balki go‘yo eri haqida tashvishlanayotgan va ayni vaqtda esa o‘z jazmanlarini ham unutmayotgan xotini Marfinka hushidan ketadi. Bu o‘rinda Flober boboni eslash o‘rinlidir: “…Men o‘z holicha uslubning ichki quvvati bilan yashayveradigan… hech narsa haqida bo‘lmagan kitob yozishni istardim”. Nabokov go‘yo ana shu fikrni amalga oshiradi, ammo u achinarli va mudhish hech vaqoning ijirg‘antiruvchi, alg‘ov-dalg‘ov olamini yaratadi. Bular Pyer, Marfinka, qamoqxona boshlig‘i, oqlovchi va boshqalardir.

    “Qatlga taklif” romanida dialoglarning uzilib-uzilib turishi, fikr ma’nosining atayin buzilishi, telba-teskari narsalarning keng qo‘llanilishi kabi absurd teatriga xos unsurlarni uchratish mumkin.

    Undan tashqari, roman sahifalarida teatrdagi boshqa unsurlar mavjud — qahramonlarning kiyimi, grimi, niqoblari, rollarning almashinib turishi, qahramonlarning tomoshabin va ijrochilarga bo‘linishi, sahnani eslatuvchi kunda turadigan maydoncha va nihoyat, “tomosha”dek uyushtirilgan qatlning o‘zi. Hatto Sintsinnat roman nihoyasida: “Uch soniya tanaffus e’lon qiling, keyin bema’ni pyesani oxirigacha yetkazaman”, deydi.

    Foto: “The NewYorker”

    “Bizni ma’lum darajada sirli narsalar qurshab olgan…”

    Nabokov fikricha, voqelik — so‘ngsiz-nihoyasiz qadamlar silsilasidir, uni anglash darajasidir, binobarin, bunga erishish mumkin emas. Shu boisdan ham Nabokov: “Bizni ma’lum darajada sirli narsalar qurshab olgan”, deydi. Til esa, adib fikricha, narsalarni istagan ko‘yga solishga qodirdir, u jonsiz buyumlarni tiriltira oladi va aksincha, jonli odamlarni qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘yadi. Shu sabab Nabokov uchun o‘ziga teng voqelik yo‘q, ya’ni Mutlaq voqelik mavjud emas.

    Xullas, hammasini yig‘ib, shunday xulosaga kelsa bo‘ladi: Roman qahramonlari va ularning xatti-harakatlari, qanchalik telbanamo va mantiqsiz bo‘lsa, asarning o‘z tuzilishi shunchalik aniq va mantiqiydir, undagi ish-harakat sur’ati va maromi ham shunchalik o‘lchovlidir. Nabokov romanda oddiy voqelikni mutlaqo bema’ni narsalarning butun bir turkumi sifatida tasvirlaydiki, bu narsa yozuvchining qiyshiq oynani izlab topishga va “tushunarsiz, ko‘rimsiz buyumni bu oynada aks ettirib, ajoyib, mukammal obrazga aylantirishga” intilganidan dalolat beradi.

    Demak, Berberova (kimligini, ochig‘i, o‘zim ham bilmayman, yozuvchi yoki adabiyotshunos bo‘lsa kerak) aytganidek: “Nabokov yangicha uslubda yozibgina qolmay, balki o‘quvchini yangicha mutolaa qilishga ham o‘rgatgan”.

    Azizbek Yusupov

    04.10.2023, 23:30   Izoh (0)   23395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘qiyverasiz, o‘qiyverasiz, o‘qiyverasiz va xuddi o‘zingizni bir narsa o‘qiyotgandek tasavvur etasiz...” — “Uliss” asari haqida

    22.08.2023, 23:30

    “Haddidan oshib ketgan ehtiroslarning hammasi shunaqa taqdirga ega. Ular hech qanday qonunlar bilan — na ma’naviy, na ijtimoiy tartib-qoidalar bilan hisoblashishni...

    29.08.2023, 07:48

    “Edip kabi bizning ichimizda ham axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bir kuni ular portlaydi…” — “Shoh Edip” asari haqida

    14.09.2023, 22:25

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida 

    28.09.2023, 23:40

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    26.09.2023, 23:00

    “Odamlar doimo eng yaxshi ko‘rgan narsalarini vayron qiladi…” — “Alkimyogar” asari haqida

    20.09.2023, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.