O‘zbekistonda avtomobillarni markaziy vokzallarga kiritish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu prezidentning 10-oktyabrdagi “Temir yo‘l transporti sohasini isloh qilish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasida keltirilgan.
Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2024-yil 10-martga qadar markaziy vokzallarning kirish joylarigacha barcha turdagi yo‘lovchi avtotransport vositalarining kirishiga ruxsat berish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy ravishda barcha temir yo‘l vokzallarida savdo va xizmat ko‘ratish nuqtalari tashkil etiladi. Temiryo‘l vokzallaridagi maydonlarni optimizatsiya qilish hisobiga bo‘shaydigan hududlarda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqatalari tadbirkorlik subyektlariga auksion orqali ijraga beriladi.
Avvalroq O‘zbekistonda tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek,O‘zbekistonda endilikda temiryo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat berilmoqda. Chiptalari yo‘q shaxslar, shuningdek, chiptada ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bo‘lmagan fuqarolarning yo‘lovchilar platformasi-perronga va yo‘lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izoh (0)