Samarqanddagi maktablarning birida maktab o‘qituvchisi va farroshi portalga yozgani uchun direktorning tanishlari tomonidan kaltaklangani aytildi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur murojaat Urgut tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullari tomonidan o‘rganildi. 9-oktyabr kuni 93-maktabda farrosh bo‘lib ishlovchi S. G.ning Prezident administratsiyasiga 26-sentyabr kuni maktab direktori L.R. va xo‘jalik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.A.ning xatti-harakatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati pedagogik jamoa bilan birgalikda o‘rganib chiqish uchun G.S. maktabga chaqirtirilgan.
Ushbu arizani o‘rganib chiqish jarayonida qatnashgan o‘qituvchilar (maktab direktori o‘rinbosarlari F.Ahmedov, N.Toshmurodova, maktab kasaba uyushmasi raisi S.Nishonova, 11-sinf rahbarlari M.Nodirova, M.Xushvaqtova, D.Azimovalar) bilan suhbat jarayonida maktab farroshi G.S.ni hech kim urmaganini bayon qilishgan.
Maktab direktori ham o‘z tushuntirish xatida yuqoridagi murojaat farrosh tomonidan uyushtirilgan “navbatdagi bo‘hton” deya taʼkidlagan. Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Telegram yozishmalarida ko‘rsatilgan plastik raqami ham direktorga tegishli emasligi, ayni paytda ushbu holat bo‘yicha maktab direktori huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilganini maʼlum qilgan. Vaziyat bo‘yicha huquqiy baho vakolatli organlar tomonidan beriladi.
Izoh (0)